THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi munosib nishonlanmoqda


25.01.2018

Vatan ravnaqi, el-yurt, odamlar manfaatini o‘ylab, ezgu maqsad yo‘lida fidoyilarcha xizmat qilganlarning zahmatli mehnati, aziz xotirasi yillar, asrlar o‘tsada, unutilmaydi. Aksincha, ular avlodlar tomonidan minnatdorlik ila yodga olinadi, buyuk xizmatlari e’tirof etiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganligi buning yorqin isbotidir.

Shu munosabat bilan joriy yilning 24 yanvar kuni Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita a’zolari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov faoliyati xronikasi (Solnoma)”, “Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir”, “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch”, “Prezidentga maktublar” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Davletov Ruslan Quroltayevich so‘zga chiqib, buyuk inson Islom Abdug‘aniyevich Karimov hur O‘zbekistonimizga rahbarlik qilgan yillarda yaratgan buyuk, o‘lmas va g‘oyatda qimmatli asarlarning mazmun va mohiyati, davrimiz uchun qimmati va ahamiyati masalalariga bag‘ishlaganligini chuqur samimiyat va mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuqorida nomlari keltirilgan kitoblari bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Adliya vazirligi 
Axborot xizmati