Mamlakatimizning bosh bayrami – Mustaqillik ayyomi mudom bunyodkorlik ishlari bilan hamohang kechgan. Bu galgi bayram shukuhi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi hududini ham qamrab oldi.
Istiqlolimizning 35-yillik bayrami arafasida mustaqil davlat asoschisi uzoq yillar mehnat qilgan tarixiy maskanda ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Panjara va to‘siqlar olib tashlanib, piyodalar uchun yangidan yo‘laklar yotqizildi.
“2026-yil avgust oyidan e’tiboran “Oqsaroy” qarorgohini o‘rab turgan panjaralar olib tashlanib, majmua hududidagi bog‘ aholining erkin sayil qilishi uchun ochildi”. Kiraverishda o‘rnatilgan barelyefdagi bu yozuv yurtdoshlarimizni emin-erkin sayr uchun taklif qiladi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Mustaqil O‘zbekistonning shakllanishi va taraqqiyoti, Birinchi Prezident faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasi ham o‘z ishini avvalgidek davom ettiradi.
“Oqsaroy” qarorgohiga xush kelibsiz!
T.Qurbonboyev fotosuratlari











