THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Moskvada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasi yodga olindi


30.01.2026

MOSKVA, 30-yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi jamoasi, Moskvadagi Savdo vakolatxonasi va Migratsiya agentligi xodimlari vatandoshlarimiz bilan birgalikda Rossiya poytaxti markazidagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, mustaqil yurtimizning ilk davlat rahbari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Moskvada Islom Karimov haykali 2018-yil 18-oktyabrda ochilgan edi.