THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

MILLAT TAQDIRIGA DAXLDORLIK


24.07.2026

 

Bu ro‘yi zaminda millat ko‘p: sayyoramizda uch mingga yaqin millat bo‘lib, ular insoniyatning o‘rta hisob bilan 96 foizini birlashtiradi. Millatning abadiyligi, uning barqarorligini ta’minlashning asosiy omili uning ichki salohiyatidir. Millatlarning ichki-ruhiy salohiyati, yaratuvchilik qobiliyati, matonati, mehnati, o‘ziga xosligini rivojlantirishi asosida hozirgi zamon sivilizasiyasi yuzaga kelgan. Ma’lum bir millat boshiga – eng zarur davrda, xalqning ana shu salohiyatini yuzaga chiqara oladigan, o‘z shaxsiy manfaatlarini bir chetga surib, butun borlig‘ini el-yurt rivojiga bag‘ishlaydigan etakchining, darg‘aning kelishi – uning baxti.

Bu borada o‘zbekning, O‘zbekistonning hartugul, peshonasi yarqiragan ekan. Uni bir yarim asrlik qullikdan, mustabid tuzumdan xalos qilib, ozodlikning oydin yo‘liga olib chiqqan etakchi – Birinchi Prezidentdan so‘ng, uning baxtiga, odamlarni yagona maqsadu maslak atrofida jipslashtiradigan, xalqning dardu armonlari bilan yashaydigan, har bir fuqaroning tashvishini o‘z yuragidan o‘tkazadigan lider keldi.

Ulug‘ yozuvchilarimizdan biri yozganidek, “Turmush – yashash degan so‘z. Yashash uchun erdan tortib quyoshgacha, muhabbatdan tortib g‘azabgacha – hammasi kerak, hammasi zarur. Umrini yashab o‘tkazgan kishining rohati ham, azobi ham, xafachiligi va xursandchiligi ham bir mazmun kasb etadi, bularning hammasi bir butun anorning alohida donalariday chiroyli, lazzatli bo‘ladi”. Shu fikrlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, bugun Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlar – shu zaminda yashayotgan har bir insonning tom ma’noda yashashi, o‘z umridan rozi bo‘lib o‘tishi uchun qilinayapti.

 “Odamlarimiz ertaga emas, bugun yaxshi yashashi kerak” degan da’vat Prezident Shavkat Mirziyoevning hokimiyatga kelgan ilk soatlaridan boshlab oliy maqsadga aylandi. Barcha sa’y-harakat ham, shiddatli islohotlar ham, ichki va tashqi siyosatdagi yangilanishlar ham xuddi shu buyuk muddaoga yo‘naltirildi. Keyinroq esa “Biz bir bo‘lsak – xalq, birlashsak – Vatanmiz!” degan ulug‘ g‘oya o‘rtaga tashlandi. Butun boshli mamlakat bor salohiyati bilan Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli degan ulug‘ maqsad tomon yo‘naltirildi va bu jarayonlar ayni kunlarda ham davom etmoqda. Davom etganda ham ham, yangicha shukuh, yangicha shiddat, yangicha g‘ayrat bilan ado etilmoqda.

Bugun millat peshonasiga bitgan ana shu etakchining – Yangi Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tavallud kuni!

Tugilgan kuningiz muborak bolsin, hurmatli Prezident!