Birinchi Prezident tavallud kuni arafasida Tatyana Akbarovna Karimova oila a’zolari va yaqinlari bilan turmush o‘rtog‘ining Samarqand shahridagi abadiy orom topgan maskaniga tashrif buyurdi. Buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov o‘z vasiyatiga ko‘ra, Hazrati Xizr masjidi majmuasida dafn etilgan bo‘lib, bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Mustaqilligimiz asoschisining xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlariga munosib – mahobatli, Qur’on oyatlari bilan bezatilgan maqbara barpo etilgan.
![]() |
![]() |
Tatyana Karimova uchun yiliga ikki marta – Birinchi Prezidentning tavallud hamda vafot etgan kunlarida turmush o‘rtog‘i nomi bilan bog‘liq qadamjolarni ziyorat qilish an’anaga aylangan.
Tatyana Akbarovna ko‘hna Registon maydoni yonidagi maydonda o‘rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga ham gul qo‘ydi.
Birinchi Prezident tug‘ilib o‘sgan, bugun uy-muzeyga aylangan xovli Registondan 400-500 metr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, shu kunlarda ayniqsa, gavjum. Samarqandliklar Tatyana Karimovani “Opa” deya, mehr bilan e’zozlashadi. An’anaga ko‘ra, o‘sha xonadonda marhum xotirasiga bag‘ishlab osh tortildi va Qur’oni karimdan suralar o‘qildi.
Zero, buyuk yo‘lboshchimiz umrining so‘nggi kunlarigacha sadoqat bilan xizmat qilgan millat va insonlar xotirasida abadiy yashaydi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
T.Qurbonboyev fotosuratlari
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)