THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

KASABA UYUSHMASI QO‘MITASI YIG‘ILISHI


27.03.2026

2026 yilning 27 mart kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi kasaba uyushmasi qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Islom Karimov nomidagi kutubxonaning anjumanlar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda – uyushmaga a’zo barcha ilmiy-ijodiy, texnik, xo‘jalik hamda moliya bo‘limlarining ishchi va xizmatchilari, shuningdek, O‘z bekiston Kasaba uyushmalari federasiyasining Toshkent shahar kengashi vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha – majmua kasaba uyushmasi qo‘mitasining umumiy va moliyaviy hisobotlari tinglandi. Shundan so’ng qo‘mitaning hisobot davridagi faoliyati bo‘yicha muhokamalarda so‘z ga chiqqan majmua rahbari Temur Shirinov hamda boshqa a’zolar o‘z  chiqishlarida – kasaba uyushmasi tomonidan o‘tgan yillar mobaynida qilingan ishlar, erishilgan natijalar, qolaversa, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirishdi. Qo‘mitaning o‘tgan davrdagi faoliyatiga baho berildi.

Shundan so‘ng tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Ayni paytga qadar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Dildora Rafiqova o‘z  xohishiga ko‘ra, qo‘mita raisligidan ozod qilindi. Uning arizasi yig‘ilish ishtirokchilarining bir ovozdan qabul qilingan qarori bilan qanoatlantirildi.

Majlisda ko‘rsatilgan nomzodlar orasidan – Islom Karimov nomidagi kutubxona mudiri Dilorom Shukurova mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan Majmua kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib saylandi. Shu bilan birga, qo‘mitaning yangilangan tarkibi a’zolari ham saylab olindi.

Yig‘ilishda, shuningdek, Majmuaning yangilanadigan jamoa shartnomasi loyihasi, qolaversa, asosiy ish faoliyatga daxldor boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Majlis yakunida so‘z ga chiqqanlar muhokamadagi masalalar yuzasidan o‘z  fikrlarini bayon qilib, boshlang’ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi yangi tarkibdagi a’zolarining kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilashdi.

T.Qurbonboev fotosuratlari