THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

ISLOM KARIMOV XOTIRASIGA EHTIROM


30.01.2025

Bugun, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti tavallud topgan sanada uning tug‘ilib o‘sgan go‘shasi Samarqandda hamda uzoq yillar faoliyat yuritgan Qarshi shahrida xotira marosimlari o‘tkazildi.
Samarqand va Qarshida o‘rnatilgan Islom Karimov haykallari poyiga gul qo‘yilib, Birinchi Prezident xotirasi yodga olindi.
Samarqanddagi “Dahbed” mahallasida ehson oshi tortilib, Islom Karimov maqbarasi poyida Qur’on tilovat qilindi. Islom Karimovning mamlakat oldida qilgan buyuk ishlari eslandi.

Bugun, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi poytaxtidagi Islom Karimov haykali poyiga ham gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Moskva markazidagi Islom Karimov nomidagi xiyobonda bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston elchixonasi xodimlari hamda Rossiyadagi vatandoshlarimiz ishtirok etishdi.