THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Harbiy qismda uchrashuv


24.01.2018

2018 yil 23 yanvar kuni Toshkentdagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda jami 400 ga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqan Batalon komandirining o‘rinbosari mayor S.Ahmedov, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy - ma’rifiy yodgorlik majmuasi markazi mudiri, siyosiy fanlar doktori V. Qo‘chqorov va boshqalar Tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbuslari, Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i U. Oltinov esa Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni sifatida Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini, uning hududiy yaxlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan zamonaviy armiya yaratish, uni isloh etish, Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyati va qudratini oshirishni ta’minlash borasidagi ishlar haqida fikr yuritishdi.

G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyida chop etilgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan mustaqillik yillarida Vatanimiz sarhadlariga yovuz niyatda suqilib kirmoqchi bo‘lgan xalqaro terrorchi gazandalarga qarshi mardlarcha kurashgan, so‘nggi tomchi qolgunicha Vatani, halqi va harbiy qasamyodiga sodiq qolib, mamlakatimiz mustaqilligining himoyasi yo‘lida jonini fido etgan harbiy xizmatchilarning qahramonliklari, ular haqida ota-onalari, qarindoshlari, safdoshlari va do‘stlari xotiralari o‘rin olgan “Vatan – aziz, jasorat – mangu” nomli xotira kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbir sermazmun va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda ommoviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.