THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Farg‘onada xotira kechasi


05.02.2019

30-yanvar kuni Farg‘ona shahrida, Islom Karimov nomidagi san’at saroyida Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavallud topgan kuniga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi “Nuroniy” jamg‘armasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Topvoldi Xoldarov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi, senator Enaxon Siddiqova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fermer Lola Murotova hamda Farg‘ona davlat universitetining professor o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

 

Bu yerda Birinchi Prezident xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirda “Islom Karimov xotirasi”ga bag‘ishlangan film namoyish etildi. Kechada oliy o‘quv yurti talabalari va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari qatnashdi.