THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

BIRINCHI PREZIDENTNI XOTIRLAB


02.09.2026

2-sentyabr kuni – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti vafot etgan kunga 10-yil to‘lishi munosabati bilan, shuningdek, “Xotira haftaligi” doirasida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida xotira marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda majmua rahbari, tarix fanlari doktori, professor Temur Shirinov mamlakat Birinchi Prezidentining o‘zbek milliy davlatchiligi tarixida tutgan beqiyos o‘rni, uning mustaqillik qo‘lga kiritilishi, milliy davlatchiligimiz tiklanishi va yurtimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga chiqishi bilan bog‘liq faoliyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlar haqida ham alohida so‘z yuritib, har yili 30-yanvar va 2-sentyabr – Islom Karimovning tavallud hamda vafot etgan sanalarida mamlakat bo‘ylab xotira tadbirlari tashkil etilayotgani, bugun ham Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ygani, marhum xotirasiga hurmat bajo keltirgani to‘g‘risida fikr bildirdi.

Shundan so‘ng majmua jamoasi Birinchi Prezidentimiz xotirasini yod etib, Oqsaroy qarorgohidagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi.

T.Qurbonboyev fotosuratlari