Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyuruvchi mehmonlar oqimini kuzata turib, bir haqiqatni e’tirof etish lozim. Bu erga Birinchi Prezidentni xotirlash yoki shunchaki uning hayoti va faoliyatiga qiziqish bildirib, qadam ranjida qiluvchilar safi shundog‘am ko‘p. Ammo ular orasida – huquq-tartibot sohalari, sud organlari vakillari, mudofaamiz qalqonlari va harbiylar ayniqsa, ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular mudom Birinchi Prezident, ayni paytda zamonaviy O‘zbekistondagi xavfsizlikning tamal toshini qo‘ygan ilk Oliy Bosh qo‘mondon xotirasini o‘zgacha iftixor va g‘urur bilan yodga olishadi.
Hayotini shu Vatan saodati va uning tinchlik-xotirjamligi, jamiyatda adolat mezonlarining ustuvorligi yo‘lida tikkan bu shaxsning eng so‘nggi ma’ruzalaridan biridagi “Bizning bosh maqsadimiz – faqat huquqiy demokratik davlat emas, balki adolatli jamiyat qurish. Xalqimiz har qanday qiyinchilikka chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi” degan gaplar ham bejizga aytilmagan edi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Majmuaning bu galgi mehmonlari ham aynan huquq-tartibot xodimlari, aniqrog‘i, Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti tinglovchilari bo‘ldi. Mehmonlar “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasida, shuningdek, majmua tarkibidagi kutubxona bilan tanishishdi.
Ko‘rgazmada ular Birinchi Prezident faoliyatiga oid turli san’at asarlari – kartinalar, portretlar, fotosuratlar va haykaltaroshlik namunalari bilan tanishib, mustaqillik asoschisi va me’morining shonu shavkatga to‘liq, ayni paytda oddiylik qorishiq buyukligidan darak berguvchi hayotidan voqif bo‘lishdi.
Birinchi Prezidentning shaxsiy kutubxonasidan keltirilgan, tarixiy shaxslar dastxatlari bitilgan noyob asarlar, qolaversa, 50 mingdan ortiq kitob va 30 mingdan ziyod jurnallardan fonddan tashkil topgan – Islom Karimov nomidagi kutubxona ham bo‘lg‘usi adolat posbonlarida o‘zgacha taasurot qoldirdi. Bu esa ularning hayrati aks etgan fotolardan ham ma’lum.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
T.Qurbonboev fotosuratlari















