Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish, u kishining el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk xizmatlarini munosib davom ettirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Birinchi Prezidentimizning ruhi hamisha xalqimiz bilan birga. Chunki mustaqillik va Islom Karimov – bir-biriga chambarchas bog‘liq, birini ikkinchisidan aslo ajratib bo‘lmaydigan bir butun tushunchadir. Yuz yillar o‘tar, bu fikr mustahkamlangandan mustahkamlanib boraveradi.
2021 yil 25 yanvar soat 11:30 da O‘zbekiston Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi Davlat muzeyida “Islom Karimov siymosi – amaliy san’at asarlarida” nomli ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston amaliy san’ati o‘zining turfa turlari va milliy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Mustaqillik tufayliO‘zbekistonda barcha sohalar qatori, milliy hunarmandchilikning unutila boshlangan qadimiy an’analari va maktablari qayta tiklandi. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida usta-hunarmandlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlashga qaratilgan alohida e’tiborlari xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati an’analarining bardavomligiga xizmat qildi.
Farxod Qurboboyev olgan suratlar