THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

SOLNOMA


01.07.2020

1992 yil 2 iyul 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov  “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini tasdiqladi.

 

1996 yil 2 iyul

Do‘rmon qarorgohida Prezident Islom Karimovning mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Szyan Szemin bilan yakkama-yakka suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

1996 yil 3 iyul

Do‘rmon qarorgohida O‘zbekiston va Xitoy rasmiy delegasiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Prezident Islom Karimov va XXR Raisi Szyan Szemin O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

 

1999 yil 3 iyul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mustaqil Vatanimiz tarixida ilk bor bakalavrlik diplomiga sazovor bo‘lgan yoshlarga tabrik yo‘lladi.