Prezident Shavkat Mirziyoev 2 sentyabr kuni Oʼzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʼyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qurʼon tilovat qilindi.
Marosimda parlament va hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.
Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʼyildi.