20-dekabr kuni Yodgorlik majmuasiga Belarus Respublikasi Davlat harbiy-sanoat qo‘mitasining raisi Roman Golovchenko tashrif buyurdi.
Mehmon Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi, hamda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti rafiqasi Tatyana Karimova hamrohligida «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasi ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Janob Golovchenko Yodgorlik majmuasining faoliyatini yuqori baholab, faxriy mehmonlar kitobiga quyidagi dastxatni yozib qoldirdi:
«Ko‘rgazmaga tashrifim, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning hayoti va faoliyatiga oid ekspozitsiya xotiramda chuqur iz qoldirdi.
Tatyana Akbarovna Karimovaga buyuk rahbar haqidagi boy va sermazmun xotiralari, fikr-mulohazalari uchun katta minnatdorlik bildiraman.
Yodgorlik majmuasi xodimlarining Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha olib borayotgan xayrli ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolaman».
Shu kunning o‘zida «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasiga O‘zbekistonning taniqli rassomi Bobur Ismoilov ham tashrif buyurdi. Ayni kunlarda Toshkent fotosuratlar uyida Ismoilovning shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Farxod Kurbonboyev olgan suratlar