THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

ISLOM KАRIMOV XOTIRА KECHАSI


04.09.2021

2021 yil 2 sentyabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida Birinchi Prezident Islom Karimovning xotira kechasi boʼlib oʼtdi.

          Xotira kechada tarixchi olim Poyon Ravshanovning "Buyuklik koʼprigi: Islom Karimov Qashqadaryoda (1986-1989 yillar)" deb nomlangan kitobining taqdimoti boʼldi. Mazkur asarda Islom Karimovning Qashqadaryodagi faoliyati xususida soʼz boradi. Chunonchi, buyuklik yoʼli hamisha murakkab va mashaqqatli kechadi. Аsar Islom Karimov shaxsining nechogʼliq kuchli, nechogʼliq buyuk boʼlganini ochib bergani bilan eʼtiborlidir.

          Taʼkidlandiki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Shoʼro saltanati intihosidagi faoliyati buning yorqin timsolidir. 1987-1989 yillarda Qashqadaryoda rahbar boʼlib ishlaganida ogʼir iqtisodiy, chuqur maʼnaviy tanazzulga uchragan viloyatni koʼtarish, toʼsiqlarni yengib oʼtish, el ishonchi va hurmatini qozonish osonlikcha yuz bermagan.

          Xotira kechasida respublikamizdagi taniqli jamoat va madaniyat arboblari, yetuk olimlar, oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchi hamda talabalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.