THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Birinchi Prezident xotirasi yod olindi


30.01.2023

30-yanvar, Toshkent shahri. An’anadagidek, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga keng jamoatchilik yig‘ildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar ham Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat ko‘rsatdi. El fidoyilarini unutmaslik, yaxshi ishlarini eslash va qadrlash millatning millatligini ko‘rsatadigan jihat. Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat, ham fazilatdir. Marosimda ana shunday ehtirom namoyon bo‘ldi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz manfaati yo‘lidagi tarixiy ishlari, olijanob xislatlari yodga olindi. Davlatimiz rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi. Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.