THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Sanjay Kumar Pandey, Javoharlal Neru universiteti Xalqaro tadqiqotlar maktabining Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarini o‘rganish markazi professori


- O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston asoschisi bo‘lib, suverenitet qo‘lga kiritilgunga qadar va undan keyin ham mamlakatni mohirlik bilan boshqardi.

O‘tish davrining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muammolariga qaramasdan, u mamlakatda iqtisodiy va siyosiy tizimni yaratishning uddasidan chiqdi. Islom Karimov O‘zbekistonda ijtimoiy uyg‘unlikni saqlash uchun millatlararo munosabatlardek murakkab masalaga katta e’tibor qaratdi.

Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik ta’minlanishida Islom Karimovning hissasi, shubhasiz, juda kattadir.

Hindiston O‘zbekistonning tashqi siyosatida alohida o‘rin tutadi. Ikki xalq o‘rtasida ko‘hna tarixiy-madaniy aloqalar mavjudligi bois Hindistonni O‘zbekistonda yaxshi bilishadi. Darvoqe, respublika mustaqillikni qo‘lga kiritishdan oldin Islom Karimov tashrif buyurgan birinchi davlat Hindiston hisoblanadi. Ma’lumki, 1991 yil avgust oyida I.Karimov mamlakatimizga kelgan edi. U so‘ngra yana to‘rt marotaba - 1994, 2000, 2005 va 2011 yillarda Hindistonga tashrif buyurdi.

O‘zbekistonning hozirgi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev fuqarolar turmush farovonligi darajasini oshirish, ularning huquq va erkinliklarini muhofaza etish hamda mamlakatda sarmoyaviy va texnologik taraqqiyotni ta’minlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlarni hayotga tadbiq etmoqda.

“Jahon” AA,

Dehli