O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi 101-F-sonli Farmoyishiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tomonidan 2022 yil 11-12 may kunlari Qarshi shahrida “Islom Karimov o‘qishlari: O‘zbekiston mustaqillikka erishish yo‘lida shart-sharoitlar, ilk qadamlar, islohotlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi:
1–Sho‘`ba: O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi: tarixiy voqea va jarayonlar.
2–Sho‘`ba: Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy holat.
3–Sho‘`ba: Mustaqillikning ilk yillarida ta’lim, fan va ma’naviy hayot.
4–Sho‘`ba: Xalqaro aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi va jahon hamjamiyatiga integratsiya.
Ishtirokchilar uchun maqolalar topshirish talablari:
Maqolalar 2022 yil 1 aprelgacha qabul qilinadi. Hajmi 10-15 betgacha, grammatik va stilistik xatolarsiz. Maqolalar Times New Roman, 14 shrift, 1,5 intervalda terilgan bo‘lishi shart, (yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 va chapdan 3 sm). Maqolaning yuqori qismi o‘rtasida maqolaning nomi bosh harflar bilan beriladi – F.I.SH. ilmiy daraja va unvoni (agar bo‘lsa), tashkilot nomi va shaxsiy telefon raqami ko‘rsatilsin. Konferensiyada ishtirok etish uchun taqdim etilgan maqolalar qaytarilmaydi. Maqolalar mazmuni, statistik ma’lumotlar ishonchliligi uchun mualliflar javob beradi. Matnlarning ilmiy darajasi chop etiladigan talablarga javob berishi lozim.
Maqola matnlari o‘zbek, rus tillarida qabul qilinadi.
Maqolalar conf-copmlex@mail.ru elektron pochtaci orqali qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefonlar: 71 239-55-89; +998 99 598 68 70; +998 97 726 99 98.