НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА

Ijtimoiy hayot. 1990 yil


20 yanvar. SSSR Arxitektorlar davlat uyushmasi hay’ati sekretariati hamda O‘zbekiston SSR Arxitektorlar davlat komiteti kollegiyasining 17 yanvar kuni Toshkentda bo‘lgan sayyor majlisida Toshkent shahrini va Toshkent oblastini rivojlantirishning 2010 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh planining texnikaviy-iqtisodiy asoslari muhokama qilindi.

23 yanvar. Toshkent shahar partiya-xo‘jalik faollari yig‘ilishida Islom Karimov Toshkent shahri qiyofasini, arxitekturasini, obodonchiligini tubdan o‘zgartirish, uni yuksak madaniyat shahriga aylantirish haqida nutq so‘zladi.

24 fevral. Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi saroyida SSSR, O‘zbekiston SSR, mahalliy sovetlarning xalq deputatlari, korxona va muassasalar, mahalla va uy-joy komitetlari, o‘quv yurtlarining vakillari, partiya va urush veteranlari yig‘ildi. Kengashda Islom Karimov ma’ruza qildi.

26 aprel. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov respublika kasaba uyushmasi faollari va ommaviy axborot vositalari rahbarlari bilan uchrashdi.

3 may. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida urush va mehnat veteranlari bilan uchrashdi.

4 may. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimovning «Ko‘p bolali onalarga nafaqa miqdorini ko‘paytirish to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.

4 may. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Navro‘z umumxalq bayramini o‘tkazish yakunlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

7 may. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Ulug‘ vatan urushi nogironlariga, qatnashchilariga, baynalmilalchi jangchilarga va haloq bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga sovet xalqining Ulug‘ vatan urushidagi g‘alabasining 45 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan qo‘shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

2 iyun. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ish haqini oshirish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

25 iyun. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov raisligida Toshkent shahri aholisini go‘sht va qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Islom Karimov mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

11 iyul. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov KPSS XXVIII syezdining matbuot markazida sovet va chet el jurnalistlari bilan uchrashdi.

22 iyul. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimovning «Pravda» gazetasi muxbiri savollariga javoblari «Odamlardagi ishonchni tiklaylik» sarlavhasi bilan matbuotda chop etildi.

28 iyul. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston SSR qishloq, aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

4 avgust. Toshkentda kasaba uyushmalari O‘zbekiston kengashining plenumi bo‘ldi. Plenumda O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

4 sentabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Aspirantlar, oliy uquv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus o‘kuv yurtlari va hunar-texnika bilim yurtlari o‘kuvchilarining stipendiyalarini oshirish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

8 sentabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Toshkent davlat dorilfununining 70 yillik yubileyi arafasida o‘qishga qabul qilingan talabalar huzurida nutq so‘zladi.

13 sentabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman katnashchilariga tabrik yo‘lladi.

25 sentabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Ochilxon Otaxonov, Fattohxon Mamadaliyev, Hasan Rajabov, Odiljon Yusupovga «O‘zbekiston SSR xalk, hofizi» faxriy unvoni berish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

28 oktabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov un ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining uchinchi sessiyasida nutq so‘zladi.

25 oktabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Respublika aholisining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklaridagi chorva va parrandani ozuqa bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

6 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Paxtakor» futbol komandasi va uning murabbiylarini qabul qildi.

12 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston shifokorlarining birinchi qurultoyi qatnashchilariga tabrik yo‘lladi.

13 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Barcha turdagi maktablarning o‘qituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qo‘shimcha imtiyozlar berish, yuqori sinf o‘qituvchilarining ish haqini oshirish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

15 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston o‘qituvchilari anjumani qatnashchilariga tabrik yo‘lladi.

21 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov respublika va butunittifoq ommaviy axborot vositalarining vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv O‘zbekiston rahbariyatining bozor munosabatlariga o‘tash davrida tutadigan yo‘liga bag‘ishlandi.

21 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Toshkent davlat dorilfununining 70 yillik yubileyi munosabati bilan dorilfunun talabalari, professor-o‘qituvchilari va butun jamoasiga tabrik yo‘lladi.

31 dekabr. O‘zbekistan SSR Prezidenti Islom Karimov «Xalq so‘zi»—«Narodnoye slovo» gazetalarining nishona soni chiqishi munosabati bilan uyushtirilgan suhbatda ishtirok etish maqsadida Leningrad ko‘chasi, 32- uyga — gazetalar tahririyatlari binosiga tashrif buyurdi. Uchrashuv chog‘ida Islom Karimov respublika jurnalistlari oldida turgan muhim vazifalar haqida gapirdi. Shuningdek, ijodkorlarning mehnat sharoiti hamda maishiy ahvoli bilan tanishdi.