НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА

Tashqi siyosat. 2015 yil


7 yanvar. Prezident Islom Karimovga Oqsaroyda Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi Favkulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan G‘ada al-G‘annam, Vetnam Sotsialistik Respublikasining mamlakatimizdagi Favkulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Fam Van Fao, Xindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favkulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Vikram Doraisvami, Indoneziya Respublikasining mamlakatimizdagi Favkulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Alit Santika ishonch yorliqlarini topshirdi.

27 yanvar. Prezident Islom Karimovga Oqsaroyda Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favkulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Pamela Spratlen ishonch yorlig‘ini topshirdi.

1 may. Prezident Islom Karimov Oksaroyda Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Chon Kyong Xvanni qabul qildi.

Koreya Respublikasi O‘zbekistonning iqtisodiyot, investitsiya va texnologiya sohalaridagi asosiy sherigidir. Surg‘il konida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi mashinasozlik, elektr energetikasi, neft-gaz, avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoati va boshqa sohalardagi o‘nlab loyihalar muvafaqqiyatli investitsion hamkorligimizning yorqin namunasidir.

Janubiy Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari umumiy hajmi 5 milliard AQSh dollaridan oshdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

8 may. Prezident Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga tashrif buyurdi va Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston rahbari o‘z nutqida jangohlarda jonini fido qilib, Yer yuzida tinchlik va ozodlikni himoya qilgan barcha insonlarning mislsiz jasorati, qahramonligi va matonati xotiramizda hamisha saqdanib qolishini ta’kidladi.

MDX davlat rahbarlarining Moskva uchrashuvida tomonlar Hamdo‘stlik oldida turgan masalalarni, oliy darajada o‘tkaziladigan tadbirlar rejasini ko‘rib chikdi, qator dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

27-29 may. Prezident Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ldi.

Prezidentimizning tashrifi Koreya Respublikasi mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan qariyb 170 ming odam xoki quyilgan Milliy yodgorlik majmuini ziyorat qilishi bilan boshlandi. Davlatimiz rahbari vatanparvarlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ydi.

Koreya Respublikasi rahbarining «Chong Va De» («Moviy saroy») qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Islom Karimov va Pak Kin Xening tor doiradagi muzokarasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning uzoq istiqboliga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Prezidentlar o‘zaro hamkorlikning bugungi holatiga munosib baho berilgan va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari belgilangan Qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Prezident Islom Karimovning tashrifi doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarga oid umumiy qiymati qariyb 7,7 milliard AQSh dollariga teng 60 hujjat imzolandi.

Prezidentlar ushbu tashrif davomida davlat, hukumat va idoralararo imzolangan salmoqli hujjatlar O‘zbekiston – Janubiy Koreya o‘rtasidagi strategik sheriklik asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Prezident Islom Karimov tashrif doirasida Koreya Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Choy Kyong Xvan, Janubiy Koreya gaz korporatsiyasi prezidenti Li Jong Xo, «Lotte grupp» kompaniyasi raisi Shin Dong Bin, «Lotte Kemikal» kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Xu Su Yong, «Xanjin grupp» va «Korean Eyr» kompaniyalari raisi Cho Yang Xo, Koreya Respublikasi Eksport-import banki prezidenti Li Duk Xun va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti Kim Yong Mokni qabul qildi. Muzokaralar chog‘ida iqtisodiy hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi spikeri Choi Iy Xva va deputatlar bilan ham uchrashdi.

2 iyun. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashki ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi serqirra munosabatlar bugun izchil rivojlanayotgani, bu hamkorlik barqarorligi va samaradorligi bilan muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar o‘zbek va turkman xalqlarining ko‘p asrlik umumiy tarixi, mushtarak ma’naviy va madaniy qadriyatlari, yaqin qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat tamoyillari asosida muvafaqqiyatli rivojlanib kelayotgani qayd etildi.

3 iyun. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madaniyni qabul qildi.

Uchrashuvda Islom hamkorlik tashkilotiga 1996 yilda a’zo bo‘lgan O‘zbekiston uning serqirra faoliyati va tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotgani, jahonda tashkilotning o‘rni va ahamiyatini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgani ta’kidlandi. Martabali mehmon mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ulkan taraqqiyotga erishayotganini yuqori baholadi.

11 iyun. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun rasmiy tashrif  bilan mamlakatimizga keldi. Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Islom Karimov bilan BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning uchrashuvi bo‘ldi.

– Avvalo, radikallashuv, ziddiyat va zo‘ravonlikning avj olayotgani, siyosiy va iqtisodiy qarama-qarshilikning kuchayib borayotgani, jahon moliyaviy inqirozining hamon davom etayotgani jiddiy tashvish to‘g‘dirmoqda. Dunyodagi ahvol tobora chigallashib borayotgan bir sharoitda biz BMTni global xavfsizlik va barqarorlikni saqlash bo‘yicha yagona universal xalqaro tashkilot, ko‘plab murakkab davlatlararo va xalqaro muammolarni hal etadigan noyob tuzilma deb bilamiz, - dedi Islom Karimov.

Bosh kotib BMT O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega keng ko‘lamli masalalarni muhokama etib, O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashtirilgan institut hamda agentliklari bilan hamkorligini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

15 iyun. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va Osiyo milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad al-Sabohni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning tashkiliy asoslari takomillashtirilgani, jismoniy-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari aholi o‘rtasida keng ommalashgani, sohani moliyalashtirish, kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish tizimi yuksalgani, moddiy-texnik baza mustahkamlangani qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentiga sportni va olimpiya harakatini rivojlantirishdagi buyuk xizmatlari uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasining medali, shuningdek, O‘zbekistonda va Osiyoda futbolni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashining mukofoti topshirildi.

6 iyul. Prezident Islom Karimovning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng Islom Karimov va Narendra Modi tor doirada muzokara o‘tkazdi.

Sizning O‘zbekistonga ushbu dastlabki rasmiy tashrifingizni mamlakatlarimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqea, O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida azaldan qaror topgan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda yangi bosqich deb bilamiz, - dedi Islom Karimov.

Davlat rahbarlari muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasining Qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Turizm, tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hujjatlar, madaniyat sohasida 2015 - 2017 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Islom Karimov va Narendra Modi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari har tomonlama muhokama qilinganini, tomonlarni qiziqtirgan mintakaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilganini ta’kidladilar.

9-10 iyul. Prezident Islom Karimov Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

ShHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisi tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, ShHTpi yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

ShHTga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari majlisni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Unda Prezidentimiz o‘z nutqida tobora global tus olayotgan tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, ShHT faoliyatini kengaytirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.

Sammit yakunida Ufa deklaratsiyasi, ShHT ni 2025 yilgacha rivojlantirish strategiyasi va 2016 - 2018 yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi ko‘rashish bo‘yicha hamkorlik dasturi qabul qilindi. Hindiston va Pokistonni ShHTga qabul qilish jarayonini boshlash, Belarus Respublikasiga kuzatuvchi, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal davlatlariga muloqot bo‘yicha sherik maqomini berish bo‘yicha qarorlar imzolandi.

O‘zbekiston Prezidenti sammit doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Tomonlar o‘zaro munosa- batlarning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqlollarini atatroflicha muhokama qildilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Prezidentlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Mintaqaviy xavfsizlikka doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

15 iyul. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar mustahkam strategik sheriklikka asoslangan bo‘lib, o‘zaro hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha izchil rivojlanib bormoqda.

Suhbat chog‘ida dolzarb xalqaro muammolar. mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

27 iyul. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Lloyd Ostinni qabul qildi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro muammolar, jumladan, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi. Afg‘onistondagi vaziyatni tinchlik yo‘l bilan hal etish jarayonlari xususida fikr almashildi.

29 iyul. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda «Isuzu Motors Ltd.» kompaniyasi raisi Susumi Xosoini qabul qildi.

«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi va «Isuzu Motors Ltd.» o‘rtasida Yaponiyaning ushbu kompaniyasi «SamAvto» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischilari tarkibiga kirishi to‘g‘risida bitim imzolangan.

Tomonlar «SamAvto» mas’uliyati cheklangan jamiyatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, ishlab chiqarilayotgan mashinalar turini yangilash va ko‘paytirish, mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish Yaponiyaning ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini yanada keng joriy etishga kelishib oldi.

28 avgust. Prezident Islom Karimov Samarqand shahrida «Sharq taronalari» o‘ninchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

2-3 sentabr. Prezident Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Pekin shahrida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimlarda ishtirok etdi.

Tashrif asnosida Prezident Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.

Suxbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari tabora mustahkamlanib borayotgani, siyosat, iqdisodiyot, savdo, sanoat, moliya, qurilish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat sohalaridagi keng ko‘lamli hamkorlik izchil rivojlanayotgani qayd etildi.

Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo- iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan biridir. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘sib borayotir. Xususan, 2014 yilda bu ko‘rsatkich 4,7 milliard AQSh dollariga yetgan. Joriy yilning birinchi yarmida o‘zaro savdo aylanmasi 11,7 foiz o‘sgan.

Davlatimiz rahbari tashrifi doirasida XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Prezident Islom Karimovning ushbu tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro strategii sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish masalalari yuzasidan atatroflicha fikr almashdilar.

22 sentabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Koreya Respublikasi Eksport-import banki (Eksimbank) prezidenti Li Dun Xunni qabul qildi.

Koreya Respublikasi Eksimbanki O‘zbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi asosiy sheriklaridan biridir. 1999 yildan buyon O‘zbekistonda mazkur bank mablag‘lari hisobidan 935 million AQSh dollari miqdoridagi loyihalar amalga oshirildi. 2012 yildan buyon umumiy qiymati qariyb 1,2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmokda, yana 900 million dollar miqdoridagi loyiqalar ishlab chiqilmoqda.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi Eksimbanki o‘rtasidagi investitsiyaviy sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

7 oktabr. Prezident Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov shohsupaga ko‘tarildilar. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov tor doiradagi muzokaralar chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamhamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdilar, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Ikki davlat rahbarlari Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashar ekan, Afg‘onistonda harbiy kuch ishlatish yo‘li bilan tinchlik o‘rnatib bo‘lmasligini yana bir bor ta’kidladilar.

Shuningdek, suv-energetika sohasiga oid masalalar xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yor va tamoyillari asosida, mintaqadagi barcha davlatlar manfaatlarini hisobga olgan holda, xalqaro tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari mulokotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdilar. Unda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida iqtisodiyot, transport, bojxona, turizm, fan-texnika, sog‘liqni saqlash va sport sohalaridagi aloqalarni izchil rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi.

Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdilar. Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Ikki davlat rahbarlari «Bunyodkor» stadionini borib ko‘rdilar. Ushbu majmuaning ko‘rku salobati, me’moriy yechimi, sportchilar va tomoshabinlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar oliy martabali mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Prezidentlar poytaxtimizda bunyod etilgan «Minor» masjidiga tashrif buyurdi. Gurbanguli Berdimuhamedov masjid milliy va zamonaviy arxitektura an’analarini o‘zida mujassam etganini ta’kidladi.

15-16 oktabr. Prezident Islom Karimov Mustaqil Davlatlar Hamdustligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

Sammitda MDH davlat rahbarlari Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etib, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuvda xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari bugungi g‘oyat murakkab vaziyatda har qanday uchrashuv va fikr almashish, yuzaga kelayotgan tahlikali vaziyatdan chiqish yo‘lini birgalikda izlash fakat foydali bo‘lishini alohida qayd etib, sammitning ahamiyati haqida gapirar ekan, MDH bu borada muhim o‘rin tutishi lozimligini ta’kidladi.

Prezidentimiz o‘zaro imtiyoz va preferensiyalar berish, kelishilgan va samarali tarif siyosatini yuritish, shuningdek, o‘zaro manfaatli yangi transport yo‘nalishlarini ishlab chiqish va rivojlantirish orqali transport kommunikatsiyalari va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish MDH ahamiyatini belgilaydigan eng muhim omillardan ekanini ta’kidladi.

Islom Karimov mintaqamizga bevosita daxldor bo‘lgan Afg‘onistondagi vaziyatga alohida to‘xtaldi.

Birodarkushlik urushi 35 yildan ortiq davom etayotgan ushbu mamlakatdagi bugungi ahvol qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi nizo cho‘zilib ketayotganini ko‘rsatmoqda.

– Afg‘onistondagi vaziyat qanday kechishidan qati nazar, shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, Afg‘oniston muammosini faqat bir yo‘l, ya’ni BMT shafeligida tinch siyosiy muzokaralar o‘tkazish va o‘zaro kurashayotgan tomonlarni murosaga keltirish orqaligina hal etish mumkin. Boshqa yo‘l yo‘q, - deb ta’kidladi davlatimiz rahbari.

24 oktabr. Prezident Islom Karimovning taklifiga binoan Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Ko‘ksaroy qarorgohida Yaponiya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe shohsupaga ko‘tarildilar. Ikki davlat madhiyalari yangradi. O‘zbekiston va Yaponiya rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Islom Karimov va Shindzo Abening tor doiradagi uchrashuvida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘zbekiston va Yaponiya rahbarlari muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdilar. Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro savdo aylanmasi hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirishga oid masalalarni muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida Prezident Islom Karimov va Bosh vazir Shindzo Abe O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar. Tashqi ishlar vazirliklari va moliya muassasalari o‘rtasida, energetika, ilm-fan, sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi. Energetika va transport tizimini modernizatsiya qilish, mineral xomashyo resurslarini o‘zlashtirish va qayta ishlash, avtomobilsozlik, neft-gaz va kimyo sanoati, telekommunikatsiya va boshqa zamonaviy sohalarda 8,5 milliard dollardan ortiq qiymatdagi qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralarining biznesforumi ochilishida ishtirok etdilar.

1 noyabr. Prezident Islom Karimov Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Jon Kerrini qabul qildi.

Uchrashuvda mintakaviy dolzarb muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Afg‘onistondagi vaziyat, xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

AQSh davlat kotibi samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga chuqur minnatdorlik izhor etib, AQSh rahbariyati ikki mamlakat manfaatlariga asoslangan munosabatlarni izchil rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

5 noyabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Koreya Respublikasi sanoat, savdo va tabiiy resurslar vazirining birinchi o‘rinbosari Li Xvan Sopni qabul qildi.

Uchrashuvda Janubiy Koreyaning nufuzli delegatsiyasi Toshkentda o‘tayotgan Xalqaro investitsiyaviy forumda ishtirok etishi mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida janubiy koreyalik investorlarning mamlakatimizdagi davlat korxonalari va aktivlarini xususiylashtirish jarayonida ishtiroki, yetakchi sanoat va infratuzilma tarmoqlarida yangi investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish bilan bog‘lik masalalar muhokama qilindi.

6 noyabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Xalqaro investitsiyaviy forumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller hamda Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasining vitse-prezidenti Dimitris Sitsiragosni qabul qildi.

Mehmonlar Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‘zgartirish jarayonida faol ishtirok etishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Shuningdek, asosiy sohalarda bo‘yicha qabul qilingan dasturlar va qo‘shma investitsiyaviy loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning ustuvor sohalari yuzasidan fikr almashildi, sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbolli yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

10 noyabr. Prezident Islom Karimov Oksaroyda «Lukoyl» neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

Muloqot chog‘ida jahon va mintaqa uglevodorod xomashyosi bozoridagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

17 noyabr. Prezident Islom Karimovning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Ko‘ksaroy qarorgohida Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Islom Karimov va Navoz Sharif uchrashuvida asosiy e’tibor mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga qaratildi.

O‘zbekiston va Pokiston Afg‘onistonning yaqin qo‘shnilari sifatida bu mamlakatda tinchlik o‘rnatilishi va barqarorlik ta’minlanishidan manfaatdor. Afg‘oniston muammosini faqat bir yo‘l – BMT shafeligida tinch siyosiy muzokaralar o‘tkazish va o‘zaro kurashayotgan tomonlarni murosaga keltirish orqaligina hal etish mumkinligi haqida yakdil fikr bildirildi.

Mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik kabi tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikka doir masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Islom Karimov va Navoz Sharif O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, o‘zaro savdo munosabatlarini rivojlantirish, soliq sohasida qo‘shimcha imtiyozlar yaratish, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga doir kator hujjatlar imzolandi.

10 dekabr. Prezident Islom Karimovga Oqsaroyda Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Solih Ahmad al-Javarneh Shveytsariya Konfederatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Shtefan Klyonli, Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Bahman Og‘araziy Do‘rmoniy, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Kristofer Allan, Quvayt Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyron ishonch yorliqlarini topshirdi.

11-12 dekabr. Prezident Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmanistan betarafligining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Prezidentimiz xorijiy davlatlar rahbarlari bilan birga Betaraf Turkmaniston maydoniga tashrif buyurdi. Ushbu mamlakatning betarafligi timsoli bo‘lgan Betaraflik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Ushbu sananing 20 yilligi munosabati bilan Ashxobodda «Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida xalqaro hamkorlik» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘ldi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari o‘zbek va turkman  xalqlarining tarixi, tili, dini va an’analari bir, maqsadlari mushtarak ekanini qayd etdi.

– Betaraflik maqomi nafaqat Turmaniston halqining uzoq muddatli manfaatlariga, balki mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotganini isbotlashning zarurati yo‘q - dedi Islom Karimov.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlariga yuqori baho berildi. O‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.