O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov xotirasiga
Xalq uchun beminnat qildingiz xizmat,
Baxt tomon yo‘l ochib, ko‘rsatib himmat.
Jahon ahli ichra topdingiz hurmat,
Sizga ta’zim qilib aytardik raxmat.
Zamin ham shu qadar sevganmi sizni,
Bizlardan ayirib bag‘riga oldi.
Xalqingiz e’zozlab ardoqlab sizni,
Barcha izingizdan zor yig‘lab qoldi.
Xurlikka xaykalni qo‘ygan o‘zingiz,
Obodlikni shior qilgan edingiz,
Menguga saqlanar xayolda hamon,
Mehr-la jilmayib turgan ko‘zingiz.
Sizsiz gulzorlarda gullar yig‘laydi,
Bulbullar yuragin alam tig‘laydi,
Ayriliq, bu hijron o‘rtar yurakni,
Qalblar tubida nolalar ingraydi.
Iymon- e’tiqodni qadriga yetdik,
Poklik, diyonatni dilda asradik,
Ona yurtimizni sajdagoh bildik,
Vatanni sevmoqni sizdan o‘rgandik.
Yurtni ravnaqini o‘ylab doimo,
Uning tashvishiga bo‘ldingiz oshno,
Kelajak yo‘lida bo‘lib rahnamo,
Bizlarga ibratda edingiz daho.
Butun xalq sevardi Ota, deb sizni,
Otaday e’zozda bo‘lib mehribon.
Boshin siladingiz har o‘g‘il-qizni,
To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib ularga har on.
Qabringiz qoshida egildi boshlar,
Bag‘rimiz tig‘lanib, to‘kildi yoshlar,
Ona yer siz uchun bo‘lganda makon,
Sog‘inib yig‘laydi hattoki toshlar.
Hokingiz qo‘yilgan joydir sajdagoh,
Qabringiz ustiga sochilgan gullar.
Ko‘kdagi oftobday nurli yuzingiz,
Eslasak yig‘laydi bu zor ko‘ngillar.
Xudoybergan ShOMURODOV,
Xorazm viloyati, Yangibozor tumani.