НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА

Islom - ezgulik dini


14.06.2018

14 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida «Istiqlol tiklagan qadriyatlar: islom dini ezgulik va bag‘rikenglik ifodasi» mavzuida uchrashuv va ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi.

 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin mamlakatimizda xalqimizning azaliy dini-islomga katta e’tibor berila boshladi.

 

Davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarning tamoyillari shakllanib, din erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilindi va ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tadbir mavzusiga doir mulohazalar bildirib, muqaddas dinimizni tiklash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirishda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning xizmatlarini alohida e’tirof etdilar.

 

Tadbirda «Islom-ezgulik dini» nomli hujjatli film namoyish etildi.

Ochiq mashg‘ulot qatnashchilari Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib, «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.