1984-1986 yillarda Qashqadaryo viloyati nihoyatda og‘ir ahvolda qolgan paytlar edi. O‘shanda, shu uch yil davomida, birinchidan Qashqadaryoda qurg‘oqchilik bo‘lgan, ikkinchidan Markaziy prokuraturadan Gdlyan boshchiligida juda katta guruh kelib, O‘zbekistonda “paxta ishi” degan bir tavqi-la’natni ochib Qashqadaryo rahbarlarining ko‘plari qamalgan yoki tergovda bo‘lgan og‘ir payt edi. Mana xuddi shunday bir paytda 1986 yilning oxirida - dekabr oyida Birinchi Prezidentimiz muxtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimov joylari jannatda bo‘lsin, shu kishi Qashqadaryo viloyatiga birinchi rahbar bo‘lib keldilar.
Birinchi rahbar bo‘lib kelgan paytlarida, mana shu uch yil davomida Qashqadaryo viloyati tamoman o‘tirgan, qishloq xo‘jaligi sohasida ham, xalq xo‘jaligi sohasida ham, chorvachilikda ham, barcha sohalarda Qashqadaryo viloyati orqaga ketgan paytlar edi. Islom Abdug‘aniyevich kelib ishni xalq bilan muloqat qilishdan, xalqni dardini eshitishdan boshladilar. Men shu yerda bir voqea esimga tushdi: u kishi birinchi rahbar bo‘lib kelganlarida, birinchi yig‘ilishlarida katta zalda kontingent rahbarlarini yig‘ib, u kishi gapirayotganlarida deyarli uch yil davomida yog‘magan yomg‘ir juda bir chiroyli yog‘a boshladi. Shunda rahbarlarimizning, hammamizning kayfiyatimiz ko‘tarilib: “mana uch yildan beri qurg‘oqchilik edi, Islom Abdug‘aniyevichning poy-qadamlari yoqdi”, deb hammamiz xursand bo‘ldik. Shu yog‘a boshlaganicha yil davomida yog‘ingarchilik serob bo‘ldi.
Natijada, shu qurib qolgan yerlarimiz, qurib qolgan dov-daraxtlarimizga jon kira boshladi. Va Islom Abdug‘aniyevichning birinchi qilgan ishlari xalqimiz bilan, rahbarlar bilan maslahat qilib viloyatimizda “dehqonlar kengashi” (keyinchalik “paxtakorlar kengashi”) degan bir kengash tuzdilar. Shu kengashga rayon partiya birinchi kotiblari, ijro qo‘mitasi raislari, xo‘jalik rahbarlari, xo‘jalik agranomlari, brigadirlar, suvchilar, shu qishloq xo‘jaligini yaxshi biladigan odamlar mana shu dehqonlar kengashiga a’zo etib saylandi. Va mana shu dehqonlar kengashi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ishlarni qaysi agrotexnika qoidasi boshlanadigan bo‘lsa, shular yig‘ilib, ikkita avtobusga o‘tirib, tumanlarni bir aylanib ko‘rib, so‘ng bir joyda yig‘ilib maslahat qilib olinardi. Shunday qilish kerak, mana shunday qilish kerak, shunday qilsa yaxshi bo‘ladi deb ishlarni muvofiqlashtirilardi. Natijada o‘sha 1987 yilning o‘zida, hali kelganlariga bir yil bo‘lmasdan mana shu g‘alla rejalarimiz, paxta rejalarimiz ortig‘i bilan bajarildi va xalqimizning ishonchi tiklanib, yana ishonch qo‘shila boshladi – bu birinchi qilgan ishlari.
Bundan tashqari yuqorida aytganimdek, xalqimiz tushkin kayfiyatda edi. Kimnidir otasi qamalgan, kimnidir amakisi, akasi, tog‘asi qamalgan, shunday bir sarson bo‘lib yurilgan paytda, Islom Abdug‘aniyevich odamlarni qabul qilib, ularning dardini eshita boshladi. Ko‘plab nohaq qamalgan odamlarni o‘sha yilning o‘zidayoq qamoqdan chiqarish imkoniyatini yaratib, qamoqdan ozod qilishgacha borildi. Albatta bu o‘zlarining uch yil davomidagi ish faoliyatlarining asosiy ko‘rsatkichi – shu xalqning dardini eshitib, xalqning dardiga malham bo‘lganliklari bo‘ldi. Bundan tashqari bu kishi faqat qishloq xo‘jaligi yoki boshqa, deb o‘tirmasdan, nihoyat darajada obodonlashtirishga, qurilishga katta e’tibor qaratdilar.
Esimda bor, мана shu hozirgi Qarshi shahridagi “Yangi bozor” deb ataladigan bozorimiz tashlandiq ahvolda bo‘lib yotgan edi. Shuni rekonstursiya qilib, qayta qurib katta bozor qurildi. Markaziy ko‘chamizning o‘zi ham tor, kichkina ko‘cha edi. Shu ko‘chamiz ham obodonlashtirilib katta bir yaxshi ko‘chaga aylantirildi. Bundan tashqari deyarli barcha tumanlarimizda bozorlar qayta qurildi. Choyxonalar, oshxonalar va shunga o‘xshash yuzlab ijtimoiy obyektlar ishga tushirildi. Islom Abdug‘aniyevichning bunyodkorlik ishlari o‘sha paytdayam bor ekan desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Nima uchun xalqimiz Islom Abdug‘aniyevichni yaxshi ko‘radi?
Биринчидан: xalqimizning ijtimoiy ahvolini yaxshilash uchun kechayu kunduz tinmadilar. U kishini bormagan qishloqlari, bormagan shaharlari qolmadi. Biz bilamizki, ertalab hech kimning hamrohligisiz, o‘zlari hohlagan tumanga, hohlagan qishloqqa borardilar. Bir necha bor guvohi bo‘lganmiz, dalaga ertalab ketsalar kechga borib qaytardilar. Qaysi dalaga borgan bo‘lsalar, dala shiyponida makaron sho‘rva bo‘lyaptimi yoki yorma bo‘lyaptimi, o‘tirib odamlar bilan birgalikda makaron sho‘rvani yoki yormani ichib, muloqot qilib, ularning kamchiliklarini, yetishmovchiliklarini so‘rab kelardilar. Bundan tashqari, chekka-chekka qishloqlargacha borganlar. Mana biz o‘tgan yili hozirgi viloyat hokimimiz Zafar Ro‘ziyev boshchiligida bir guruh viloyat rahbarlari bilan birgalikda – chekka qishloqlardagi xalqning yashash sharoiti bilan mustaqillik arafasida tanishish uchun borildi. Hozir shulardan biri esimga tushdi – Kitobda Denovbola degan qishloq bor. Shu qishloqga borish uchun Kitobdan deyarli bir kun yurasiz. Bu qishloq tog‘lik qishloq bo‘lib – Tojikistonning chegarasida. Shu qishloqqa borganimizda, qishloqni ko‘rib hayron bo‘ldik.
Shunday obod qishloq, uylar yangi qurilgan, tunikali tomlar, tomorqalar ekilgan, yangi maktablar, kollejlar qurilgan. Borib, mehnatkash odamlar bilan yig‘ilish qilinganda amin bo‘ldikki, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich suv chiqarib bergan ekanlar. Ular birinchi borganlarida u yer nochor qishloq ekan. “Nima qilib beray?” deb so‘raganlarida, odamlar: “svet, suv o‘tkazib bering”, deb aytgan ekanlar. Keyin svet o‘tkazib, nasos qo‘yib, pastdagi soydan o‘tadigan suvni chiqazib bergan ekanlar. Natijada odamlar tomorqaga kartoshka va boshqa ekinlarni ekishgan, turmush darajalari nihoyatda o‘zgarib ketgan ekan. Bu voqealarni xalqimiz tilidan bol tomib esladi. Shu uchrashuvdan keyin, xonadonlarni ko‘raylik deb bitta xonadonga kirdik. Qarasak, ikki qavatli uy. Yaxshi deb qaytayotgan edik, uyga kirasizlar, kirmasanglar bo‘lmaydi – deb qo‘ymasdan olib kirdi uyning egasi. Nima uchun – deb so‘rasak, bu joyga Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich kelganlar – dedi. Kirsak, haqiqatda, ikkinchi qavatdagi bola xonani shunday chiroyli bezatib qo‘yilganki, muzey deysiz. “Islom Abdug‘aniyevich shu yerga kelganlar, meni otam bilan choy ichganlar, o‘tirib suhbat qilganlar” – deb qoldi.
Islom Abdug‘aniyevich qaytayotganlarida otam (u kishining otasi oqsoqol, aqlli avliyo odam bo‘lgan ekan): “Bolam – bu odamdan qo‘l uzmanglar, bu odam nazarkanda ko‘rinadi” – deb aytdilar. Biz ulardan bu voqea qachon bo‘lgan edi, qaysi oy edi – deb so‘rasak, 1989 yilning aprelida deb javob berdi. 1989 yilning 23 iyunida Islom Abdug‘aniyevich O‘zbekiston Respublikasining Birinchi sekretari bo‘lib ketdilar. Mana o‘sha odamning gapini rost chiqqani. Islom Abdug‘aniyevich 2015 yil kelib uchrashuv qilganlarida menga so‘z berdilar. O‘shanda men shuni eslatdim. So‘ng, u kishi haqiqatda u yerda mening do‘stlarim bor deb xursand bo‘ldilar. Xalqimiz ularni nihoyat darajada yaxshi ko‘rar edi. Mana endi keyingi yillardagi o‘zgarishlarni oling. 2015 yilda kelganlarida u kishi uchrashuvda aytdilarki: “Qarshi shahrini respublikamizdagi eng chiroyli viloyatning markaziga aylantiramiz, Shahrisabz shahrini esa dunyodagi eng chiroyli turistik shaharlardan biriga aylantiramiz” – deb va’da qilgan edilar.
Mana hozir ko‘rib turibsiz, Qarshi shahrini qarang! Qanday uylar paydo bo‘ldi, Qashqadaryoni sohilini oladigan bo‘lsak, menimcha O‘zbekistonda bunday hiyobon yo‘q. Amir Temur ko‘prigini tuzatib, qaytadan rekonstursiya qilib, mana shu yerda katta bir ko‘l paydo bo‘ldi. Qanchadan qancha ijtimoiy obyektlar qurildi. Xalqimizning sayohat qiladigan joyi yo‘q edi. Mana endi katta bir hiyobon paydo bo‘ldi. Yoki mana Qarshi shahrining ko‘rinishi. Bu yerda pastakkina uylar edi. Yangi shaharda 2-3 qavatli uylar edi, xolos. Mana hozir bulardan bittasi ham qolmadi. Ularning hammasi tamoman yangicha qurildi. Yo‘llar kengaytirildi. Bularning barchasi Islom Abdug‘aniyevichning qarorlari asosida amalga oshirildi.
Qarshi shahrida bir yarim yil ichida bir trilliondan ortiqroq qurilishga pul sarflandi. Yana bir narsani eslasak – mana hozir Shahrisabz-Kitob yo‘lini rekonstruksiya qilish, hamda Shahrisabz shahrini obodonlashtirish uchun 129 kilometli yo‘l va Shahrisabz shahrida quriladigan uylarga bir trilliondan ortiqroq pul miqdori ajratilgan. 2016 yil rahmatli Islom Abdug‘aniyevich kelganlarida bularni ko‘rib qanchalik xursand bo‘ldilar. Islom Abdug‘aniyevichning qilgan ishlarini, siyosatlarini aytib ado qilolmaysiz. Ularning yana bir jihatlari yoshlarni yaxshi ko‘rardilar. Xar doim uchrashuv bo‘lganda, qanday yoshlarni tarbiyalashimiz kerak? Biz mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalab етказишимиз kerak. Mustaqil fikrlaydigan yoshlar bizning kelajagimiz – deb doim e’tirof qilardilar.
Qashqadaryo viloyatimizning chekka-chekka qishloqlarida qanchadan qancha 200ga yaqin bolalar sporti inshoatlari qurildi. Avval masalan bitta sport tadbirini o‘tkazish uchun tumanning markaziga kelish kerak edi. Hozir istagan qishlog‘ingizda 4-5 ta qishloq birgalikda bemalol foydalanishi mumkin bo‘lgan inshoatlar bor. Qancha – qancha maktablar kollejlar, litseylar yangidan qurildi. Nainki, mana shu yoshlar uchun juda katta ishlar amalga oshirildi.