НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА

YODGORLIK MAJMUASIGA ERSULTON BEKTURGANOV TASHRIF BUYURDI


28.10.2021

27 oktyabr kuni Yodgorlik majmuasiga Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi kutubxonasining maxsus loyihalar xizmati rahbari Ersulton Utegulovich Bekturganov tashrif buyurdi. Qozog‘istonlik mehmon Islom Karimov xotirasiga hurmat bildirib, Birinchi Prezident faoliyatiga bag‘ishlangan “Butun olamni jo etgan yurak” ko‘rgazmasini katta qiziqish bilan tomosha qildi.

“Ko‘rgazmadagi asarlar menda nihoyatda chuqur taasurot qoldirdi, dedi E.U.Bekturganov, - zero, ulug‘ Yo‘lboshchining hayoti mazkur asarlarda yorqin bo‘yoqlarda mahorat bilan aks ettirilgan. Ayniqsa, uning Ona Vatanga bo‘lgan muhabbati o‘sib kelayotgan avlod uchun buyuk ibrat namunasi bo‘lib qoladi”.

«Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishgan Ersulton Bekturganov faxriy mehmonlar kitobiga esdalik dastxati yozib qoldirdi.