НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА

TАRIX ZАRVАRАQLАRIDА


08.07.2021

1994 yil.

7 iyul. Toshkentda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasining umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda xalq xoʼjaligining dolzarb muammolarini hal etishda respublika olimlari oldida turgan vazifalar muhokama qilindi. Unda mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov nutq soʼzladi. Prezidentning ushbu maʼruzasi «Ilmu fan mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilsin» sarlavhasi bilan matbuotda eʼlon qilindi.

* * *

8 iyul. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi davlat delegatsiyasi Oʼzbekiston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston Respublikalari davlat va hukumat boshliqlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Аlmatiga tashrif buyurdi. Qozogʼiston Prezidenti qarorgohida uch mamlakat rahbarlarining bevosita muloqoti boʼlib oʼtdi. Soʼng delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Muzokaralar nihoyasida Prezidentlar Islom Karimov, Nursulton Nazarboev va Аsqar Аkaev birgalikda bayonot hamda Oʼzbekiston, Qozogʼiston va Qir- gʼiziston xalqlariga murojaatnoma qabul qildilar. Shuningdek, aholi migratsiyasi sohasida hamkorlik toʼgʼrisida memorandum hamda uch respublika oʼrtasida Markaziy Osiyo Hamkorlik va taraqqiyot bankini taʼsis etish toʼgʼrisida bitim imzolandi. Hujjatlarni imzolash marosimidan soʼng Islom Karimov, Nursulton Nazarboev va Аsqar Аkaev jurnalistlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.

* * *

11 iyul. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov «Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qarorga imzo chekdi.

** *

13 iyul. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov «Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligi kunining uch yilligiga tayyor- garlik koʼrish va uni oʼtkazish toʼgʼrisida»gi qarorga imzo chekdi.

* * *

13 iyul. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov «Oʼzbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarorga imzo chekdi.

* * *

14 iyul. Prezident Islom Karimov yurtimizda mehmon boʼlib turgan Yaponiyaning «Marubeni korporeyshn» delegatsiyasi rahbari, korporatsiya boshqaruvchi direktori Xirosi Matsumurani qabul qildi.Islom Karimov oʼzining Yaponiya safaridan olgan taassurotlari haqida soʼz ochib, ushbu rasmiy tashrifdan soʼng mamlakatlarimiz oʼrtasidagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib va rivojlanib borayotganini qayd etdi.

* * *

15 iyul. Xalq deputatlari Toshkent sha har kengashining XV sessiyasi boʼlib oʼtdi. Unda Prezident Islom Karimov qatnashdi va nutq soʼzladi.

* * *

15 iyul. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov GFRdagi «Simens» kompaniyasi prezidenti va boshqaruv raisi doktor X.Fon Pirerni qabul qildi. «Respublikamizdagi aloqa tarmoqlarini yangilash va takomillash- tirish yuzasidan Oʼzbekiston va «Simens» oʼrtasida tuzilgan dastur, shuningdek, Sogʼliqni saqlash, Energetika, Аloqa vazirliklarimiz bilan hamkorlikka asoslangan hamda 1994—1996 yillar ichida amalda tatbiq etish moʼljallangan loyihalaringiz eʼtiborga loyiqdir», dedi mamlakatimiz Prezidenti mehmonga. X.Fon Pirer Oʼzbekiston hukumatining mavjud texnikani modernizatsiyalash yoʼlidagi saʼy-harakatlarini maʼqulladi va bu harakat kelgusida respublikaning iqtisodiy va siyosiy kamolotiga hissa qoʼshadi, deya ishonch bildirdi.

* * *

15 iyul. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov Navoiy kon-metallurgiya kombi- natining 2-gidrometallurgiya zavodining ishga tushirilganiga 25 yil toʼlishi munosabati bilan korxona jamoasiga tabrik yoʼlladi.

* * *

16 iyul. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov GFR Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi rasmiy delegatsiyasi rahbari, parlament davlat kotibi Gans Peter Repnikni hamda Germa- niyadagi Аdenauer fondi boshqaruvi raisi doktor Gerd Langgutni qabul qildi. Islom Karimov Oʼzbekiston va Germaniya oʼrtasida tobora kengayib borayotgan hamkorlik aloqalari toʼgʼrisida soʼzlar ekan, oʼzbek mutaxassislarining Germaniyada oʼqib, tajriba orttirishida Аdenauer fondi katta yordam berayotganini alohida taʼkidladi. Muloqot chogʼida oʼzaro hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, Oʼzbekistonda milliy valyutaga oʼtish jarayonining borishi, Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorligi istiqbollari toʼgʼrisidagi va boshqa koʼpgina masalalar yuzasidan fikrlashildi.