НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА

ISLOM KARIMOV HAYOTI VA SIYOSIY FAOLIYATIGA NAZAR


02.02.2026

“Vaqt va hayotning o‘zi Islom Abdug‘anievich  Karimov

zamonamizning etuk siyosatchisi, dunyoda va turli mintaqalarda

yuz berayotgan o‘ta murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini

davlatchilik nuqtai nazaridan ko‘ra oladigan,

o‘z yurti va xalqi uchun, har bir vatandoshimizning

taqdiri uchun ulkan mas’uliyat tuyg‘usini teran his etadigan

atoqli rahbar ekanini har tomonlama tasdiqladi”.

Shavkat Mirziyoev

O‘zbekiston mustaqilligi davri va eng yangi tarixining chorak asri yirik davlat arbobi va siyosiy etakchi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan bog‘liq. U yurt tinchligi, jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi, ma’naviy tiklanishiga katta hissa qo‘shdi. O‘zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egalladi. Ko‘plab xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi, dunyoning rivojlangan davlatlari bilan ko‘p tomonlama teng huquqli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Biroq mustaqil davlat va yangi jamiyatni qurish oson kechmadi.

O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik fuqarolik jamiyati quriSh yo‘lidan bordi. Mamlakatda milliy mudofaa tizimi yangidan Shakllandi, tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik, hamjiyatlik muhiti yaratildi.  

Ayrim tadqiqotchilar Islom Karimov va uning siyosiy faoliyatini boshqa davlat liderlari bilan qiyoslashadi. Albatta bunday xulosa uning xarakteri, davlat va jamiyat oldidagi xizmatlari, jahon hamjamiyatiga ta’siri nuqtai nazaridan kelib chiqadi. Islom Karimov o‘tish davrida barcha mas’uliyat va qiyinchiliklarni o‘z zimmasiga olgan holda xalq va millat xohish-irodasini ko‘tarib chiqadi. Bunda nafaqat uning, balki, butun bir millatning hayot-mamot masalasi ham turadi. Ana shunday taqdir – O‘zbekistonni davlat mustaqilligiga olib chiqiSh va uni taraqqiy ettirish Islom Abdug‘anievich  Karimov zimmasiga tushdi.

Islom Karimovning hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki yillar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Milliy tariximizning eng keskin va tahlikali davrida, turli ziddiyatlar avj olgan, mamlakatda millatlararo va fuqarolar o‘rtasidagi urush xavfi yuzaga kelib, iqtisodiyot og‘ir ahvolga tushib qolgan, muxtasar qilib aytganda, eski tuzumning umri tugab, yangi zamon boshlanayotgan bir paytda Islom Abdug‘anievich ning O‘zbekiston rahbari etib saylanishi Yaratganning xalqimizga bebaho marhamati bo‘lgan edi”, deb fikr bildirgan.

Islom Karimov butun umrini mamlakat iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirish, fuqarolarning hayot darajasi, siyosiy-ijtimoiy faolligini yuksaltirish, xalqaro hamjamiyat bilan teng huquqli aloqalarni olib borish, millatlararo totuvlikni ta’minlash, zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash asosida barqaror rivojlanib borayotgan demokratik O‘zbekiston davlatini barpo etishga sarf etdi.

Mustaqillik arafasida O‘zbekistonda qizg‘in ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar yuz berayotgan edi. Qayta qurish davrida boshlangan ijtimoiy faollik tufayli aholi turmush sharoitining pastligi, paxta yakkahokimligi, ijtimoiy himoyalashdagi kamchiliklar, xalq xo‘jaligidagi turg‘unlik, Orol muammosi, qishloq xo‘jaligining inqirozi, ekologik tanglik, aholini er va uy-joy bilan Ta’minlash, ishsizlik kabi jamiyatda to‘planib qolgan ijtimoiy muammolar mavjud edi. Shuningdek, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarining islohotga muhtojligi ma’lum bo‘ldi, adabiyot va san’atda milliy til va mustaqillik masalalari ilgari surildi.

Biroq mustaqil davlat va yangi jamiyatni qurish oson kechmadi. Turli sohalarda yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar mustaqillikning dastlabki yillarida juda keskin namoyon bo‘ldi va bugun o‘tish davri deb nomlanayotgan holatni vujudga keltirdi. O‘zbekistonda o‘tish davri qiyinchiliklari va muammolarini bosqichma-bosqich, tadrijiy bosib o‘tiShga qaratilgan bir qator dasturlar ishlab chiqildi.

Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” O‘zbekiston davlatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligini ta’minlaSh, davlatning bosh islohotchi sifatidagi rolini kuchaytirish, barcha sohalarda qonun ustuvorligini Ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish, madaniy va ma’naviy yangilanish jarayonlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Islom Karimovning hayot yo‘li

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov 1938 yilning 30 yanvarida Samarqand Shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topdi.

Uning bolaligi urush va urushdan keyingi yillarga to‘g‘ri keldi. Islom Karimov 1945 yilda Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga o‘qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomladi. O‘quvchilik yillari mobaynida ko‘p adabiyotlarni, ayniqsa, tarix bo‘yicha adabiyotlarni o‘qidi. U aniq fanlarni yoqtirardi, shaxmatga, modellashtirish va stol tennisiga qiziqardi.

1955 yilda Islom Abdug‘anievich O‘rta Osiyo politexnika institutiga o‘qishga kirdi. 1960 yilda uni tamomlab va “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olib, “Toshselmash” zavodida o‘z mehnat faoliyatini boshladi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulgurdi.

O‘zining intiluvchanligi, bilimdonligi va tashkiliy fazilatlari tufayli 1961 yilda u sobiq Sovet Ittifoqining harbiy-sanoat majmuasining yirik korxonalaridan birida – Toshkent aviasiya zavodida muhandis lavozimiga tayinlandi. Bu erda u 1966 yilgacha ishlab, etakchi muhandis-konstruktor lavozimigacha ko‘tarildi.

U ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim oldi. Aynan Shu tarzda 1967 yilda u Toshkent xalq xo‘jaligi institutining kechki bo‘limini tamomladi.

1973 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida “O‘zbekiston SSR sanoatining tarmoq tuziliShi va uni takomillashtirishning asosiy yo‘naliShlari” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi.

1975 yilda Moskvada nufuzli Xalq xo‘jaligi boshqaruvi institutida iqtisodiy-matematik usullar va hisoblash texnikasini qo‘llagan holda ishlab chiqarish va rejalashtirishni boshqarish, tashkil qilish zamonaviy usullari sohasi bo‘yicha tahsil oldi.

1994 yilda unga iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasi, “makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni berildi. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasining “iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha haqiqiy a’zosi etib saylandi.

1966 yildan e’tiboran Islom Abdug‘anievich O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasiga o‘tib, fan bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimidan Davlat reja qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimigacha yo‘lni bosib o‘tdi, jiddiy va o‘ziga xos fikrlaydigan iste’dodli iqtisodchi obro‘siga eriShdi.

1983 yilda Moliya vaziri, 1986 yilda Ministrlar Kengashi raisining o‘rinbosari – O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘ldi.

1986 yilda O‘zSSR Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘lgan Islom Abdug‘anievich vaziyatni chuqur o‘rganganidan keyin respublika iqtisodiy talofat oldida turganini angladi. U vaziyatni tushungan va uni yaxshi tomonga o‘zgartishni xohlagan holda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasiga “O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishi muammolari va istiqbollari haqida”gi ma’lumotnoma tayyorladi. Bu ma’lumotnomada O‘zbekiston SSRdagi  ijtimoiy iqtisodiy og‘ir vaziyat atroflicha tahlil qilib berilgan edi. Bu tahlil o‘sha paytdagi ba’zi mas’ullarga yoqmadi. Shundan so‘ng Islom Karimov respublikadagi eng og‘ir hududlardan biri bo‘lgan Qashqadaryoga rahbar etib tayinlangan.

U Qashqadaryoda qariyb uch yil ishladi. Uning bosh maqsadi xalqning iShonchini qozoniSh, hokimiyatga nisbatan munosabatini o‘zgartiriSh, viloyatda odamlarning ahvolini yaxshilashdan iborat edi. Va u buni uddaladi. Paxta etiShtiriSh 330 ming tonnadan 550 ming tonnaga ko‘paytirilgan. Qariyb 300 km yo‘llar, bozorlar, ijtimoiy-madaniy ob’ektlar qurildi. Shuningdek, o‘Sha vaqtlarda uning sa’yi harakatlari bilan Qashqadaryo viloyatini Buxoro viloyatiga qo‘Shib yuborishning oldi olindi. Hozirgacha viloyatda odamlar Islom Abdug‘anievich  Karimov iShlagan kunlarni mamnuniyat bilan eslaydilar.

Islom Karimov Qashqadaryoda faoliyat boshlagani to‘g‘risida “1987 yil boshlarida, bu erda ishlay boshlaganimda hali xech qanday tajribam yo‘q edi. Shunda men odamlar bilan maslahatlaShiSh, xalq fikri bilan hisoblashiShdek yagona yo‘lni tanladim” deb xotirlagan.

O‘sha yillarning o‘zida uning Vatan oldidagi xizmatlari “Mehnat Qizil Bayroq” (1981) va “Xalqlar do‘stligi” (1988) ordenlari bilan taqdirlangandi.

1989 yil 23 iyun kuni I.A.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylandi va o‘sha vaqtda fojeali voqealar ro‘y bergan pallada O‘zbekiston boshqaruvini o‘z zimmasiga oldi.

Islom Abdug‘anievich yuksak lavozimga kelgan vaziyatni to‘laqonli his qilish uchun uning o‘z so‘zlariga murojaat qilaylik: “Sovet kommunistik tizimi hali-hamon hukmron bo‘lgan 1989 yilni eslaylik. Mayning oxiri - iyun oyining boshida “Farg‘ona voqealari” deb nom olgan mudhiSh voqealar yuz berdi. Ular butun sobiq Ittifoqni hayratga soldi va nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun O‘rta Osiyodagi vaziyatni portlatib yuborishi mumkin edi”.

Islom Karimov Farg‘ona fojealarining sababi mamlakatda qiyin ijtimoiy iqtisodiy holat ekanligini anglab 1989 yil 17 avgust kuni 700 ming oilaga tomorqa er ajratiSh haqidagi tarixiy hujjatga imzo chekdi. O‘lkamizdagi vaziyatni chinakamiga o‘nglaSh, yurtdoshlarimizning hayotga qaraShini, bugungi va ertangi kunga ishonchini mustahkamlash uchun avvalo, ularning iqtisodiy, moddiy ahvolini yaxshilash zaruratini chuqur anglagan respublikamiz rahbari aholi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan juda katta bir masalani - odamlarga  tomorqa er berish masalasini kun tartibiga qo‘yadi.

Bu boradagi amaliy ishlar natijasida 1989-1990 yillarda bir yarim milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha er ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa erlari berildi.

Bugun to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, bu murakkab masalaga ana shunday oqilona yondashuv tufayli O‘zbekiston bo‘yicha ming-minglab odamlar uyli, ishli bo‘ldi, bozorlarda mahsulot ko‘payib, narx-navo arzonlashdi, eng muhimi, ijtimoiy keskinlikning oldini olishga erishildi.

Endilikda aniqlik bilan aytish mumkin: aynan Islom Karimov millatlararo ziddiyatni to‘xtatdi, fuqarolar urushi olovini o‘chirdi, yuz minglab, balki millionlab kishilarning hayotini saqlab qoldi, respublikamizda ham, ko‘p millatli aholi yashaydigan Markaziy Osiyo mintaqasida ham tinchlik va xotirjamlikni ta’minladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘sha beqarorlik davrlari haqida “Birinchi Prezidentimizning strategik tafakkur salohiyati, mardona harakatlari tufayli qisqa vaqt ichida yurtimizda ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorlaShdi. Odamlarni yillar davomida qiynab kelgan o‘tkir ijtimoiy muammolar bosqichma-bosqqich hal etildi. Eng muhimi, sun’iy raviShda avj oldirilgan nizo va adovatlarga barham berishga erishildi va O‘zbekistonda bugungi kunda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yagona oila bo‘lib yashayotgan tinchlik va do‘stlik diyoriga aylandi” deb fikr bildirgan edi.

Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganidan keyingi kunidayoq, ya’ni 1989 yil 24 iyunda hukumat yig‘iliShida u qat’iyan: “Biz bundan buyon eskicha yaSholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”, degan fikrni ilgari surdi, shuningdek, qadamba-qadam respublikamizni rivojlantirish bo‘yicha chuqur o‘ylangan o‘z dasturini tatbiq etishga kirishdi.

1989 yil oktyabrida juda uzoq vaqt mobaynida ikkinchi darajali o‘rinlarda bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani mustaqillik sari tashlangan dadil siyosiy qadam bo‘ldi. Bu o‘zbek xalqining milliy ongi yuksalishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqillikni qo‘lga kiritiSh yo‘lida birinchi g‘alaba edi.

1990 yil mart oyida M.S.Gorbachev va uning atrofidagilarni hayron qoldirib, O‘zbekiston ittifoqdoSh respublikalardan birinchi bo‘lib Respublika Prezidenti lavozimini joriy qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovetning sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti etib saylandi. Aynan o‘Sha 24 martda O‘zbekiston SSRning “O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish hamda O‘zbekiston SSR Konstitusiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartiriSh va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

1990 yil 21 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida “Mustaqillik to‘g‘risidagi deklarasiya” qabul qilindi. Bu mustaqillik kurash borasidagi jasur va hal qiluvchi qadamlardan bo‘lib, ular ko‘p millionli xalqimiz Moskva markazidan aytilgan kommunistik mafkuraning bosimi ostida boshqa yashashni istamasligining tasdig‘i bo‘ldi.

1991 yil 17-19 avgust kunlari O‘zbekiston SSR Prezidenti I.Karimovning Hindiston Respublikasiga respublika rahbari sifatida ilk mustaqil rasmiy tashrifi bo‘ldi. Tashrif doirasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy hamda madaniy, san’at, ta’lim, fan, turizm, sport va ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning 21 avgustda maxsus Farmoni qabul qilinib, unda SSSRda Favqulodda holat Davlat Komitetining SSSR Konstitusiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb hisoblandi. 

Shundan so‘ng Islom Karimov tomonidan ketma-ket mamlakat siyosiy hayotida muhim bo‘lgan farmon va Qarorlar imzolandi. Jumladan, O‘zSSR Prezidenti tomonidan imzolangan qo‘yidagi farmon mustaqillik tomon qo‘yilgan yana bir muhim qadam bo‘ldi: 1991 yil 29 avgustda  KPSSning O‘zbekiston SSR  hududidagi mulki to‘g‘risida farmoni imzolandi. Unda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining O‘zbekiston SSR hududidagi butun mulki respublika mulki, ya’ni umumxalq mulki deb e’lon qilindi. Bu kabi muhim farmon va qarorlar ularning mazmun mohiyati O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilish yo‘lida ham siyosiy, ham iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qildi.

Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

1991 yil 31 avgustda 12 chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan taShqari oltinchi sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. O‘Sha kunning o‘zida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekdi.

Mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat murakkabligiga qaramay, Islom Karimov fikrlar xilma-xilligini va demokratik qadriyatlarga sadoqatni namoyon qilgan holda dadil qadam qo‘yishga – ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosida saylov o‘tkaziShga qaror qildi.

Saylov 1991 yil 29 dekabrda umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yaShirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan ushbu yuksak lavozimga Islom Abdug‘anievich  Karimov saylandi. Unga saylovchilarning 86 foizi ovoz berdi.

1992 yilning 4 yanvar kuni O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasida Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida qasamyod qabul qildi va lavozimini bajariShga  kirishish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Ozorbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Rossiya Federasiyasi va Ukraina davlat mustaqilligini tan oldi.

Prezident saylovi bilan bir vaqtda O‘zbekiston mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Ovoz berishga kelgan deyarli barcha fuqarolar mustaqil suveren O‘zbekiston uchun fikr bildirdilar. Saylovdagi g‘alabasi bilan Islom Karimov o‘zining butun xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlangan siyosati qonuniyligini tasdiqladi. Prezident lavozimidagi vakolatlari haqqoniyligining bunday tasdig‘i, shubhasiz, Islom Karimovga mustaqillikni mustahkamlash hamda orziqib kutilgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borayotgan ishlar to‘g‘riligiga ishonchni yanada mustahkamladi.

Tarixan qisqa davrda mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari aniq ta’riflangan Asosiy qonun – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi ishlab chiqilib qabul qilindi. Islom Abdug‘anievich  uning ustida ishlashda bevosita qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni ustida ishlashda AQSH, GFR, Yaponiya, Kanada, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvesiya, Turkiya, Ispaniya, Hindiston, Pokiston, Misr kabi mamlakatlarning konstitusiyalarini batafsil o‘rganib chiqdi.

1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Oliy Kengashi ushbu tarixiy hujjatni qabul qildi. Yangi Konstitusiya fuqarolarni va davlatni huquq va majburiyatlar orqali o‘zaro bog‘lab turadi. Shu ma’noda hujjat Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining barcha prinsipial qoidalarini, ya’ni hayot, shaxs va inson erkinlining daxlsizligi qoidasini o‘zida mujassam etgan.

Mutlaqo yangi asosda va qisqa muddatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va milliy xavfsizlik organlari tizimi shakllandi, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘anievich  Karimov rahbarlik qilgan Qurolli kuchlarimiz tuzildi.

Shu bilan birga, huquq-tartibot va milliy xavfsizlik organlari isloh qilindi. Shunday qilib, hozirgi kunda ham mamlakatimiz suvereniteti, konstitusiyaviy tuzilishi, hududiy yaxlitligi va jamoat tartibining ishonchli himoyasini ta’minlaydigan tizim yaratildi.

Islom Karimov sud hokimiyati tizimini shakllantirishga va mustahkamlashga, uning demokratlashuvi va liberallaShuviga, sudning mustaqilligi, xolisligi va odilligini ta’minlaShga katta e’tibor qaratdi. Sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirildi, kassasiya instituti isloh qilindi, ishlarni qayta ko‘rib chiqish apellyasiya tartibi joriy qilindi, sud muhokamasining barcha bosqichlarida tomonlarning tengligi ta’minlandi.

O‘zbekiston xalqi hayotida mahalla singari noyob, asrlar davomida vujudga kelgan o‘zini o‘zi boshqarish jamoat instituti ulkan ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida mahalla hayoti bilan bog‘liq yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, mehribonlik, yordamga muhtoj kishilar haqida g‘amxo‘rlik qilish kabi an’analar tiklandi va yildan yilga takomillashib bormoqda.

Xulosa o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qo‘yidagi so‘zlarini keltiramiz “Zamonaviy O‘zbekistonning  tarixi – bu mamlakatimizning haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida Islom Abdug‘anievich  Karimov rahnamoligida olib borilgan o‘ta murakkab va og‘ir kurashlar tarixidir. Islom Abdug‘anievichga xos bo‘lgan bukilmas iroda, fidoyilik, mardlik va vatanparvarlik, insoniylik va adolatparvarlik, samimiylik va mehribonlik kabi olijanob fazilatlar barchamiz uchun yorqin ibrat namunasi bo‘lib qoldi”.

 Hamro Rahmonov,
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent