THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Dmitriy Mezensev, Rossiya Federatsiyasi parlamenti Federal Kengashi (yuqori palatasi)ning a'zosi, Shanxay Hamkorlik tashkilotining sobiq bosh kotibi


- Atoqli davlat arbobi Islom Karimov o’z mamlakatini xalqaro maydonda keng tanitgan holda, Rossiya va O’zbekiston o’rtasidagi ko’p tarmoqli munosabatlarning shakllanishi uchun juda ko’p ishlar qildi.

O’zbekistonning Birinchi Prezidenti tug’ilgan kuni, albatta, u mamlakatni chorak asr davomida boshqargan davrda qanday yutuqlarga erisha olganiga baho berish uchun muhim va ahamiyatli imkoniyatdir. Uni taqdirning o’zi davrlar almashayotgan - sobiq sovet tuzumi yo’qolib, yangi, suveren va mustaqil O’zbekiston shakllanayotgan pallada tanlab oldi.

Toshkentga dastlabki safarlarimdan birida shunday bo’ldiki, kitob do’konga kirib, kitob sotib oldim. Unda O’zbekiston rahbarining 1991 yilning avgust oyida qabul qilgan barcha qarorlari hamda o’sha yilning barchamiz uchun qiyin va murakkab bo’lgan keyingi oylarida turli jamoatchilik guruhlariga yo’naltirilgan ma'ruzalari va boshqa ma'lumotlar jamlangan edi. Ushbu hujjatlarni oradan o’tgan vaqt orqali kuzatar ekan, Islom Karimov o’z zimmasiga juda katta mas'uliyatni olganini, mamlakatda barqarorlikni saqlagan va uni kelajakka yo’naltirgan holda, ungacha hyech kim, hyech qachon qo’ymagan murakkab qadamlar qo’yganini tushunasiz.

Men Toshkentda bo’lib o’tgan ShHT Sammiti yakunlariga bag’ishlab juda ajoyib tarzda o’tkazilgan matbuot anjumanini yaxshi eslayman. O’shanda Islom Karimov zamonaviy dunyoga xos bo’lgan xalqaro munosabatlar tizimiga keng va balki, keskin baho bergandi.

Bugun biz Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkilotining qanday faoliyat yuritayotgani haqida ko’p gapiramiz. Shu bilan birga, MDHdagi har bir a'zo mamlakatning tutgan o’rni juda muhim ekanligini yaxshi anglaymiz. Shu o’rinda O’zbekiston, kun tartibidagi masalalarni ma'qullagan yoki muhokama etgani holda, o’z rahbari kabi hamisha aniq izchil bo’lib kelganini ta'kidlash muhim.

O’zbekiston jadal rivojlanishda davom etishini, kelgusida ham Islom Karimov davrida yo’lga qo’yilgan davlatlararo munosabatlarni, jumladan, O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi hamkorlik tajribasi qo’llab-quvvatlanishini istardim.