THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Yodgorlik majmuasiga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Teleradiokompleksi xodimlari tashrif buyurishdi


18.06.2018

18 iyun kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Teleradiokompleksi xodimlari tashrif buyurishdi.

Mazkur ijodiy tuzilma faoliyatining asosiy yo‘nalishi, Qozog‘iston Prezidentining hayoti va faoliyati to‘g‘risida maxsus videofilmlar tayyorlash.

Teleradiokompleks rejisseri Dina Abdraxmanovaning so‘ziga ko‘ra, ayni paytda, O‘zbekiston-Qozog‘iston davlatlari hamkorligining yangi bosqichi, Prezidentlar Shavkat Mirziyeyev va Nursulton Nazarboyevning o‘zaro munosabatlari, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning tarixi va istiqboli mavzuida videofilm suratga olinmoqda.

Unda bevosita O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan bog‘liq sahifalarga ham o‘rin ajratilgan.

Qozog‘istonlik ijodkorlar shuningdek, Samarqand shahriga safar qilib, Islom Karimovning maqbarasida hamda shaharning diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, tarixiy obidalarni suratga oladilar.

Yodgorlik majmuasida mehmonlarga Birinchi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Karimovaning dastxati bitilgan, «Islom Karimov-Mustaqil O‘zbekiston asoschisi» xotira kitobi taqdim etildi.