THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Yodgorlik majmuasida ilmiy-amaliy konferensiya


28.08.2018

28 avgust kuni Yodgorlik majmuasida «Karimov o‘qishlari: Mustaqillik ramzlari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

  

Anjuman qatnashchilari kuni kecha ish boshlagan Islom Karimov kutubxonasini ko‘zdan kechirdilar.

Konferensiya moderatori-Yodgorlik majmuasi rahbari, professor Temur Shirinov konferensiyaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida to‘liq axborot berdi.

 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova o‘zining kirish so‘zida: «Yosh avlodning Davlat ramzlariga hurmat bilan qarashi, yigit-qizlarda mamlakatimizdagi jarayonlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirib, ertangi kunga ishonchini mustahkamlaydi», deya ta’kidladi.

 

 

Anjumanda «Davlat ramzlari qadriyatlarimizdir», «Ulug‘ ustoz», «Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashda Islom Karimovning tashqi siyosiy tashabbuslari», «Bag‘rikenglik – Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining etnik siyosati ramzi sifatida», «Milliy qadriyatlar va an’analarning tiklanishi» mavzusidagi ma’ruzalarga o‘rin ajratildi.