ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

XXR Ijtimoiy fanlar Akademiyasi vakillari Yodgorlik majmuasida


28.05.2019

24-may kuni Xitoy Xalq Respublikasining Ijtimoiy fanlar Akademiyasi delegatsiyasi Yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya rahbari Jay Boge xonim Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szan Yan xonim hamrohligida Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib, Birinchi Prezidentimizning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

«Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasida xitoylik mehmonlar Tatyana Akbarovna Karimova bilan uchrashib samimiy muloqotda bo‘ldilar.

Yodgorlik majmuasidagi Islom Karimov kutubxonasida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tarixiga bag‘ishlab tashkil etilgan fotoko‘rgazma mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur delegatsiya mamlakatimiz bilan yaqindan tanishish hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan.

 

 

 

 

Farxod Kurbonboyev olgan suratlar