ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Davlat va jamiyat. 2015 yil


12 yanvar. Prezident Islom Karimov «Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favkulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risi»gi farmonga imzo chekdi.

12 yanvar. Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.

13 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qumondoni Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi yo‘lladi.

20 yanvar. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

22 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Senatni shakllantirish ochiqlik va transparentlik kabi demokratik prinsiplar asosida, milliy saylov qonunchiligimiz talablariga to‘la muvofiq o‘tgani ta’kidlandi. Koraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma majlislarida 84 senator saylandi. Prezidentimiz tomonidan 16 nafar Senat a’zosi tayinlandi.

Majlisda Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.

23 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Prezident Islom Karimov ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Yurtboshimiz Oliy Majlis ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Shavkat Mirziyoyev nomzodini tavsiya etdi.

Parlament a’zolari ko‘rsatilgan nomzodni ma’qulladi va Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib tasdiqladi.

4 fevral. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

6 fevral. Prezident Islom Karimov Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VII syezdida ma’ruza qildi. Davlatimiz rahbarining ushbu nutqi «Bizning maqsadimiz aniq va ravshan – hech kimdan kam bo‘lmagan farovon va baxtli hayot barpo etish» sarlavhasi bilan matbuotda chop etildi.

11 fevral. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

19 fevral. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941 – 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini «Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi» esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

20 fevral. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Kashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

24 fevral. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

25 fevral. Prezident Islom Karimov ?015 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

26 fevral. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

27 fevral. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Buxoro va Navoiy viloyatlari saylovchilari bilan uchrashdi.

2 mart. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

5 mart. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Jizzax va Sirdaryo viloyatlari saylovchilari bilan uchrashdi.

6 mart. Prezident Islom Karimov ?941 - 1945 yillardagi urush qatnashchilarini pag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

10 mart. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

11 mart. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Namangan va Farg‘ona viloyatlari saylovchilari bilan uchrashdi.

16 mart. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

17 mart. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi.

21 mart. Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali marosimda Prezident Islom Karimov ishtirok etib, O‘zbekiston xalqini qutlug‘ ayyom – Navro‘z bilan muborakbod etib, nutq so‘zladi.

6 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2015 yil 29 mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga tayinlandi.

10 aprel. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. Abdusalomov ochdi. U 2015 yil 29 mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Islom Abduganiyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligini qayd etdi va zalda hozir bo‘lganlar hamda saylovchilar nomidan samimiy tabriklab, Islom Karimovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasini topshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq Prezident Islom Karimov qasamyod qildi: «O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasi yangradi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

9 may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum bo‘ldi. Bu yerga urush va mehnat faxriylari, senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

– Bugun Vatanimiz, halqimiz Ulug‘ Vatan urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 70 yilligini keng nishonlamoqda, – dedi Islom Karimov. – Ana shu buyuk sana munosabati bilan, avvalo, urushda qatnashgan, mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha urush faxriylarini, shular qatorida front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizni, butun halqimizni tabriklash, urush maydonlaridan qaytmagan, bugungi musaffo osmonimiz uchun jon bergan vatandoshlarimiz xotirasi oldida bosh egish barchamiz uchun ham qarz, ham farz deb bilaman.

O‘zbekistonda usha paytda 6,5 million xalq yashagan bo‘lsa, shuning 1,5 milliondan ko‘prog‘i urushda qatnashganining o‘zi, qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, barcha erkaklar qo‘liga qurol olib, do‘shmanga qarshi ko‘rashganidan dalolat beradi.

– Halqimiz ana shunday og‘ir vaziyatda kunni - kun, tunni - tun demasdan, mashaqqatli mehnat qilib, front uchun, g‘alaba uchun munosib hissa qo‘shgani hech esimizdan chiqmaydi, - deb ta’kidladi Prezidentimiz.

26 may. Prezident Islom Karimov «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

9 iyun. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

12 iyun. Prezident Islom Karimov «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

16 iyun. Prezident Islom Karimov «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

14 iyul. Prezident Islom Karimov «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

17 iyul. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

7 avgust. Prezident Islom Karimovning «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir» nomli kitobi «O‘zbekiston» nashriyoti tomonidan ko‘p ming nusxada chop etildi.

10 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunni tasdiqladi.

20 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

25 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Qahramoni» unvonini berish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

25 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

26 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy - iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

26 avgust. Prezident Islom Karimov «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

27 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favkulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

31 avgust. Prezident Islom Karimov an’anaga muvofiq Toshkent shahridagi «Shahidlar xotirasi» xiyobonida xalqimizning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizni yod etish marosimida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari ulamolar, jamoatchilik vakillari bilan suhbatda tarixiy xotira, mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar, el-yurtimiz hayoti, odamlarimiz turmush tarzi, ongu tafakkurida ro‘y bergan o‘zgarishlar, jahonda va yaqin atrofimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat to‘g‘risida fikr yuritdi. Bugungi notinch zamon doimo ogoh, hushyor va sezgir bo‘lishni talab etishini alohida ta’kidladi.

– Biz hayotdan doimo yaxshilik kutib, boshqalarga ham yaxshilik tilab yashaydigan xalqmiz, - dedi Islom Karimov. - Shuning uchun ham ertangi kunimizning bugungidan ko‘ra yorug‘, tinch va farovon bo‘lishini orzu qilamiz, shu yo‘lda o‘zimizni ayamasdan, bor kuch va imkoniyatimizni safarbar etamiz.

Prezident Islom Karimov Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Shu kuni davlatimiz rahbari Shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabini ham borib ko‘rdi. Milliy me’morlik va zamonaviy arxitektura namunalarini uyg‘unlashtirgan holda barpo etilgan bu inshootning xalqaro musobaqalar o‘tkaziladigan zalida, umuman, mazkur maktabda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tavsiyalar berdi.

31 avgust. Prezident Islom Karimov poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘rt yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

18 sentabr. Prezident Islom Karimov «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

29 sentabr. Prezident Islom Karimov «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash tug‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

30 sentabr. Prezident Islom Karimov kasb bayrami munosabati bilan O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik yo‘lladi.

22 oktabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

26 noyabr. Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida viloyatda oxirgi yillarda iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi natijasida subvensiya, ya’ni markaz byudjetidan yordam ulushi kamaygan bo‘lsa-da, uning hajmi haligacha yuqori darajada saqlanib qolayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Mahalliy xarajatlarning 41 foizi mamlakatimiz byudjeti hisobidan qoplanib kelinayotgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Eng achinarlisi, viloyatdagi 11 ta tumandan 10 tasida bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshib ketgan.

Holbuki, Namanganda hali ishga solinmagan shunday behisob imkoniyatlar borligini inobatga oladigan bo‘lsak, o‘zingiz ayting, bunday holat sizlarga yarashadimi, deb ta’kidladi Yurtboshimiz.

Majlisda viloyatda ma’muriy-hududiy tuzilish masalasida yuzaga kelgan jiddiy muammolar haqida ham atroflicha fikr yuritildi. Ba’zi joylarda qayerda shahar, qayerda tuman boshlanadiyu, qayerda tugashini aniq bilib bo‘lmaydi. Bu borada, ayniqsa, Namangan tumani va Namangan shahrining ma’muriy chegarasini qaytadan ko‘rib chiqish talab etiladi.

5 dekabr. Prezident Islom Karimov Oqraroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi.

Bugun mana shu muhtasham zalda siz, azizlarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklab, sizlarga samimiy hurmatimni izhor etib, barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, yangi-yangi omadlar tilashga ijozat bergaysiz, - dedi Islom Karimov. - Bugungi uchrashuvimizdan asosiy maqsad – siz, azizlarga Vatanimizning mukofotlarini – yuksak unvon, orden va medallarni topshirish, sizlarni tabriklash men uchun o‘ta sharafli vazifani ado etishdir.

Sizlarning timsolingizda davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizga ham, g‘oyibona bo‘lsa-da, chin qalbimdan chuqur hurmatimni, ezgu tilaklarimni bildirish va qutlash menga katta mamnuniyat va xursandchilik yetkazadi.

So‘ngra Prezidentimiz Islom Karimov davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

Bugun sizlarning ochiq chehrangiz, baxtiyor ko‘zlaringizni, sizlardagi baland ruxni ko‘rib, ochig‘ini aytsam, guyoki o‘zim ham mukofot olgandek xursand bo‘lib turibman, - dedi Islom Karimov. – Mening niyatim, talagim bitta: ko‘ksingizga yarashib turgan bu mukofotlar barchangizga buyursin, sizlarni yangi-yangi yutuq va marralarga ruhlantirsin.

5 dekabr. «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Prezident Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi va kirib kelayotgan yangi –2016 yilga mamlakatimizda «Sog‘lom ona va bola yili» deb nom berishni taklif etdi.

Davlatimiz rahbarining ushbu tantanadagi ma’ruzasi «Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat sarlavhasi bilan matbuotda chop etildi.

9 dekabr. Prezident Islom Karimov «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

23 dekabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

29 dekabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

29 dekabr. Prezident Islom Karimov «Veterinariya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

31 dekabr. Prezident Islom Karimov «R. Irmatovni «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

31 dekabr. Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi e’lon qilindi.