ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Ijtimoiy hayot. 2005 yil


25 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ""Sihat-salomatlik yili" davlat dasturi to‘g‘risida"gi qarori chiqdi.  

4 mart "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida" Prezident qarori e’lon qilindi.  

17-18 mart - Toshkent islom universitetida YUNESKO bilan hamkorlikda "Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari" xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

  
21 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida" gi qarori qabul qilindi.  

Iyun - "O‘zbekistonning etno-konfessional kartasi" va mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni yorituvchi "O‘zbekistonning etno-konfessional atlasi" o‘zbek, ingliz va rus tillarida nashr qilindi.  

27 avgust. Samarqandda "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali ochildi  

1 sentybr. Yurtimizda bayramlar munosabati bilan zamonaviy korxonalar, turar-joylar, kollej va litseylar, tibbiyot muassasalari, ravon yo‘llar, ko‘priklar, bog‘ va xiyobonlar bunyod etish yaxshi an’anaga aylangan. Mustaqillikning 14 yilligi arafasida ham bir qator yangi korxona va inshootlar foydalanishga topshirildi.  

1-2 oktyabr Samarqand shahrida "Zamonaviy musulmon davlatlarida ayollarning o‘rni" mavzuidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.  

8 noyabr. Oqsaroyda Prezident Islom Karimov raisligida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Mamlakatimiz rahbari mazkur yig‘ilishdan maqsad O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 2004 yil avgust oyidan buyon o‘tgan vaqt mobaynida mamlakatimizda, ayniqsa, qishloq joylarda sport infratuzilmasini barpo etish hamda bolalarni sportga ommaviy jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, shuningdek, Jamg‘armaning 2005 yilgi byudjeti bajarilishi va 2006 yilgi tushumlar, xarajatlar prognozi, bolalar sporti inshootlarini zarur jihoz va anjomlar bilan ta’minlash, ularni respublikamizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda qishloq joylarda bolalar sportini rivojlantirishda mahalliy hokimlik organlarining roli va mas’uliyatini oshirishga doir masalalarni atroflicha tahlil etishdan iborat ekanini ta’kidladi.  

16 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Homiylar va shifokorlar yili" Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishi chiqdi.  

18-23 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi boshchiligidagi delegatsiya tomonidan Misr Arab Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbek xalqi xech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi" asarining arab tilidagi nashri taqdimoti tashkil etildi.