ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Iqtisodiyot. 2006 yil


9-10 yanvar. O'zbekiston Respublikasi hamda Eron Islom Respublikasi o'tasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha davlatlararo qo'shma komissiyaning yettinchi majlisi bo'lib o'tdi.  

10 fevral. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006 yilda iqtisodiy islohotlarni chuurlashtirishning muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan majlisi bo`lib o`tdi.

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma`ruza qildi.  

- 2005 yil yakunlari haqida gapirar ekanmiz, - dedi Prezidentimiz, - shuni mamnuniyat bilan qayd etmoqchimanki, o`tgan yilda deyarli barcha makroiqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha prognoz hajmi va ko`rsatkichlariga erishildi, aksariyat ko`rsatkichlarning esa sezilarli darajada oshirib bajarilishi ta`minlandi.  

7-10 mart. O'zbekiston Respublikasi hamda Hindiston Respublikasi o'tasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha davlatlararo qo'shma komissiyaning oltinchi majlisi, hamda kichik biznes va tadbirkorlik masalalari bo'yicha Ishchi guruhining birinchi majlisi bo'lib o'tdi.  

21-25 mart. Praga shahrida O'zbekiston Respublikasi hamda Chehiya Respublikasi o'tasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha davlatlararo qo'shma komissiyaning ikkinchi majlisi bo'lib o'tdi.  

6 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vitse-prezidenti Shigeo Katsuni qabul qildi.  

O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi aloqalarga 1993 yilda asos solingan. Ushbu xalqaro moliya instituti bilan mamlakatimiz savdo siyosati, korxonalarni zamonaviylashtirish, moliya, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash borasida hamkorlik qilib kelinmoqda.  

25 aprel. Savdo va sanoat masalalari bo'yicha O'zbekiston-Britaniya ishchi guruhining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.  

16-20 may. Iqtisodiy hamkorlik masalalari bo'yicha O'zbekiston-Yaponiya davlatlar o'rtasida sakkizinchi majlisi bo'lib o'tdi.  

7-9 iyun. Sian shahrida "Buyuk ipak yo'li 2006" Yevroosiyo investision forumi bo'lib o'tdi.  

22 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22 iyun kuni Oqsaroyda Kuvayt Arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bosh direktori Abdulvahob Ahmad al-Baderni qabul qildi.  

- O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotgani va ikki tomon uchun ham manfaat keltirayotgani mamnuniyat bag‘ishlaydi, - dedi Islom Karimov.  

Kuvayt Arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi rivojlanayotgan arab davlatlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida 1961 yilda tashkil etilgan. Keyingi davrda mazkur jamg‘arma Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari bilan sarmoyaviy hamkorlik aloqalarini kengaytirdi.  

18 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 18 avgust kuni Oqsaroyda Marokash Podshohligi qishloq xo‘jaligi, taraqqiyot va dengiz baliqchiligi vaziri Muhammad Lanserni qabul qildi.  

– Mamlakatlarimiz jug‘rofiy jihatdan bir-biridan uzoq bo‘lsa-da, mushtarak jihatlarimiz ko‘p, – dedi Islom Karimov. – Madaniyatlarimizning yaqinligi, bir dinda ekanligimiz shular jumlasidandir.