ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Ijtimoiy hayot. 2014 yil


22 yanvar. Prezident Islom Karimov «O‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida» gi qaroriga imzo chekdi.

28 yanvar. Prezident Islom Karimov raisligida Oqsaroyda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bolalar sporti obyektlarini qurish hech qachon to‘xtamaydi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi. Aziz bolalarimiz kamol topadigan bu majmualarni shunday chiroyli va mustahkam etib quraylikki, bu bizdan o‘ziga xos bir esdalik, ularga mehrimizning ifodasi bo‘lsin, - dedi Prezident. - U yerda shug‘ullangan bolalar shunday imkoniyatlardan mamnun bo‘lib, ezgu madsad va intilishlar bilan yashasin. Zero, farzandlarimizni xursand qilish, ularning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun sharoit yaratish bizning burchimiz, - deb ta’kidladi Yurtboshimiz.

Davlatimiz rahbari qizlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada kengroq jalb qilish zarurligini, buning uchun mahalla va xotin- qizlar qo‘mitalarining faolligini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi.

– Oila qachon baxtli bo‘ladi? Ayol baxtli bo‘lsa! Ayol qachon baxtli bo‘ladi? Farzandlari cog‘-salomat bo‘lsa! Buning uchun oilada sog‘lom muhit shakllanishi, avvalo, ota-ona sport bilan shug‘ullanishi kerak, - dedi Islom Karimov.

Yig‘ilishda 2014 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqildi. 115 sport obyekti va 48 bolalar musiqa va san’at maktabini qurish hamda rekonstruksiya qilish, ularni zarur anjom va uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

7 mart. Prezident Islom Karimov Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigi yo‘lladi.          

29 may. Prezident Islom Karimov «Barkamol avlod» sport o‘yinlari qatnashchilariga tabrik yo‘lladi.

24 iyun. Prezident Islom Karimov «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

27 iyun. Prezident Islom Karimov kasb bayrami munosabati bilan respublika Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi.

18 iyul. Prezident Islom Karimov Toshkent shahridagi Minor mavzesida barpo etilayotgan Minor masjidi binosining qurilish ishlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari bu yerda mohir quruvchi va ustalarning faoliyati bilan tanishar ekan, amalga oshirilgan keng ko‘lamli qurilish va obodonchilik ishlari haqida fikr bildirdi, majmuani yanada takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

Islom Karimov mazkur qadamjo atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ham sinchiklab ko‘zdan kechirdi. Har bir daraxt, xar qaysi maydon, favvora va yo‘lak shaharsozlikning eng yuksak talablariga uyg‘un bo‘lishi zarurligini uqtirdi.

Prezidentimiz bunday muqaddas joylarda, avvalo, pok niyat, sof intilish bilan ish olib borish, xar bir g‘ishtni qo‘yishda yetti o‘lchab bir kesish kerakligini, toki biz bunyod etgan muhtasham imoratlar asrlar davomida avlodlarimizga hayrat va g‘urur-iftixor bag‘ishlab turishi zarurligini alohida ta’kidladi.

23 iyul. Prezident Islom Karimov «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

25 iyul. Prezident Islom Karimov «R. Irmatovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

31 iyul. Prezident Islom Karimov «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

25 sentabr. Prezident Islom Karimov «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini tasdiqladi.

26 sentabr. Prezident Islom Karimov «Kurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

29 sentabr. Prezident Islom Karimov «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

30 sentabr. Prezident Islom Karimov kasb bayrami munosabati bilan O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik yo‘lladi.

31 oktabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

21 noyabr. Prezident Islom Karimov «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar mikdorini oshirish to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

27 noyabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligi munosabati bilan teatr ijodkorlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.