ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Iqtisodiyot. 2003 yil


12 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Amerika "Danavant" kompaniyasi prezidenti Uilyam Danavantni qabul qildi.  

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistondagi paxta tozalash zavodlarini modernizatsiyalashda hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari, tolani eksport-import qilish sohasini takomillashtirish muhokama etildi, aloqalar miqyosini kengaytirish borasida fikr almashildi.

  
17 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yilda Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji yakunlariga va 2003 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.  

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.  

28 fevral. Oqsaroy qarorgohida qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirliklar, qo‘mitalar, konsernlar, korporatsiyalar, banklar va boshqa moliya muassasalarining rahbarlari ishtirok etdilar. Majlisni Prezident Islom Karimov olib bordi.  

17 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi UP-3202-sonli "O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonni bajarish hamda xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, korxonalarning ustav jamg‘armalarida davlat ulushini imkon qadar qisqartirish, ob’yektlarning investitsiya jalb qilish imkoniyatini oshirish, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi "2003-2004 yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida"gi Qarorni qabul qildi.  

1 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida xalqaro valyuta fondi (XVF) Ikkinchi Yevropa departamenti direktori Jon Odling-Smini qabul qildi.  

2 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Jan Lemyerni qabul qildi.  

3 may. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining boshqaruvchilar Kengashi yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun ko‘pgina mamlakatlardan Toshkentga oliy maqomli mehmonlar tashrif buyurishdi.  

4 may. O‘zbekistonga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining boshqaruvchilar Kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan Gruziya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston prezidentlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdilar.  

5 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida AQSH moliya vazirining o‘rinbosari Jon Teylorni qabul qildi.  

Suhbat chog‘ida o‘zbek-amerika munosabatlari bo‘yicha fikr almashildi, moliyaviy sohadagi hamkorlik, sarmoyalarni jalb etish, savdo iqtisodiy aloqalari masalalariga e’tibor qaratildi.  

5 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Yaponiya moliya vaziri Masadzyuro Shiokavani qabul qildi.  

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.  

21 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish majmuasi" davlat-aksiyadorlik jamiyatining 70 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni taqdirlash to‘g‘risidagi" Farmonni imzoladi.  

3 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi paxta tolasini ishlab chiqarish va sotish jarayonida bozor tamoyillari va mexanizmlarini keng tatbiq etish, ishlab chiqarilgan paxta va paxta mahsulotlariga jahon amaliyotida qabul qilingan hisob-kitob shakl va tizimlarini joriy etish maqsadida "Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risidagi" Qarorni qabul qildi.  

5 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida yapon-o‘zbek iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mita, "Mitsui" kompaniyasi boshqaruvi raisi Nobuo Oxashi boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.  

18 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yilning birinchi yarim yilligi uchun iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning rivojlanishi va bu sohalardagi muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishga bag‘ishlagan majlisi bo‘lib o‘tdi.  

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.  

22 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Rossiya Federatsiyasining "Gazprom" ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Aleksey Millerni qabul qildi.  

Oqsaroy qarorgohidagi uchrashuvda hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari masalalari muhokama qilindi, yangi o‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.  

30 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Islom taraqqiyot bankining prezidenti Ahmad Muhammad Alini qabul qildi. O‘zbekiston ITBning yaqinda bo‘lib o‘tgan yillik majlisida mazkur bank a’zoligiga qabul qilingan edi. Undan avval iyun oyida Eronga rasmiy tashrif chog‘ida Prezident Islom Karimov Tehronda Ahmad Muhammad Ali bilan hamkorlik istiqbollari to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazgan edi.