ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Ijtimoiy hayot. 2004 yil


9 yanvar. Prezident Islom Karimov raisligida Oqsaroy qarorgohida O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish Vasiylar Fondi Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

9 yanvar. Oqsaroyda Prezident Islom Karimov raisligida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


12 yanvar. Vatan himoyachilari kuni arafasida davlat rahbari o‘z ishini yaqindagina boshlagan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining axborot texnologiyalarini modellashtirish va simulatsiya Maxsus markaziga tashrif buyurdi.  

27 yanvar. "Mehr va muruvvat yili" dasturi to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.  

19 fevral. O‘zbekiston Prezidentining "2004-2008 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoyishi chiqdi.  

12 mart. Xazarasp tumani xududida yana bitta katta inshoat - Amudaryo orqali o‘tgan ko‘prik ishga tushirildi.  

Ko‘prikning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov so‘zga chiqdi.  

O‘zbekiston rahbari mazkur inshoatning voha hamda umuman mamlakatni rivojlantirishdagi muhim ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.  

Hukumat boshlig‘i quruvchi va muxandislarga, umuman ko‘prik qurishda ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildirdi.  

12-19 mart - O‘zbekiston delegatsiyasi Parij shahrida o‘tkazilgan anjumanlarda "O‘zbekistondagi mo‘tadil islom - diniy bag‘rikenglik asosi", "O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va diniy fanatizmning namoyon bo‘lish tamoyillari" mavzularida ma’ruza bilan ishtirok etdi.  

23 mart - Toshkent shahrida buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy haykali tantanali suratda ochildi. Shu kuni Ozarbayjon milliy madaniy markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.  

25 mart - Vazirlar Mahkamasining "Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.  

30 mart. "Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tashkil etish to‘g‘risida" Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.  

3 aprel. Orolbo‘yi genofondini muhofaza qilish jamg‘armasi tashkil etildi.  

11 may. Oqsaroy qarorgohida umumta’lim maktablari moddiy texnika ba’zasi holatini o‘rganish maxsus komissiyasining hamda maktab ta’limini rivojlantirishning 2004-2008 yillarga mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqish bo‘yicha majlis bo‘lib o‘tdi.  

Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov olib bordi.  

21 may. "2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida" Prezident Farmoni e’lon qilindi.  

27 may - Vazirlar Mahkamasining "Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan.  

21 iyun. Oqsaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi "O‘zbekiston xotin - qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab quvvatlashning qo‘shimcha chora - tadbirlari haqida"gi Farmonining ijrosiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.  

Majlisni Prezident Islom Karimov olib bordi.  

2 iyul - Toshkent islom universitetida "O‘zbekiston milliy eksiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan "Islom" ensiklopediyasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.  

7 iyul. O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tashkil etildi.  

9 iyul - Respublika baynalmilal madaniyat markazida ilk bor Jahon xalqlari kuni o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda yashovchi millat va elatlarning milliy madaniyatlari ko‘rgazmasi va katta konsert dasturi namoyish etildi.  

13 iyul. Rustam Qosimjonov shaxmat bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi.  

16 iyul - Vazirlar Mahkamasining "Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.  

10 avgust. Gretsiyadagi XXVIII yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan sportsmen va trenerlardan tashkil topgan O‘zbekiston delegatsiyasi, Afinaga jo‘nab ketdi.  

Toshkent aeroportidagi kuzatish marosimida hukumat a’zolari, sportsmenlarning ota-onalari, trenerlar, jamoatchilik hamda ommaviy axorot vositalari vakillari ishtirok etdi. Marosimni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining raisi R. Qurbon ochdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning XXVIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchilariga yo‘llangan tabrigini O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi X. Sultanov o‘qib eshittirdi.  

25 avgust. Oqsaroy qarorgohida Prezident Islom Karimov boshchiligida O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish Vasiylar Fondining navbatdagi majlisi bo‘ldi.  

29 avgust. Mustaqillik bayrami arafasida Amir Temur va Xusniddin Asomov ko‘chalari chorahasida yangi ko‘prik ishga tushurildi. Prezident Islom Karimov mazkur Yangi ko‘prikni ko‘rib chiqdi.  

31 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. Hukumat boshlig‘i jamoatchilik vakillari va jurnalistlar bilan uchrashdi, o‘z fikrlarini bildirdi.  

9 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Afinada bo‘lib o‘tgan XXVIII yozgi olimpiada o‘yinlarida oltin, kumu shva bronza medallari sohibi bo‘lgan o‘zbek sportsmenlari, trenerlari va ularning shogirdlarini qabul qildi.  

21 oktyabr "2005-2009 yillarda umumta’lim maktablarini mebel zamonaviy o‘quv laboratoriya asbob uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlash dasturi to‘g‘risida" Vazirlar Maxkamasining qarori chiqdi.  

5 noyabr - Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida Respublika Rus milliy madaniy markazining 10 yilligiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi. Tantana ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tabrigi o‘qib eshittirildi.  

9 noyabr. "Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida" Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdi.  

10 dekbar. Prezident Islom Karimov Toshkentdagi, xususan, Eski Juva maydonida olib borilayotgan keng mashtabli yangi qurilish va inshoatlar bilan tanishdi.