ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Italiyalik mehmonlar Yodgorlik majmuasida


07.11.2018

7-noyabr kuni Yodgorlik majmuasiga Italiyaning «Luidji Vanvitelli» arxitektura universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Italiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga zamonaviy qurilish va dizayn sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha Toshkent arxitektura qurilish kasb-hunar kolleji bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida kelgan.

 

Mehmonlar Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar va Tatyana Akbarovna Karimova hamrohligida «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasini katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdilar.

 

Professor Maffei Luidjining so‘zlariga ko‘ra, mazkur ko‘rgazma italiyalik mehmonlarga Islom Karimovning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda O‘zbekistonning yangi tarixi xususida tasavvur hosil qilish imkoniyatini yaratdi.

 

Tashrif dasturiga ko‘ra Italiya universiteti delegatsiyasi Toshkent, Guliston, Samarqand shahar arxitektura-qurilish o‘quv muassasalarida master-klasslar o‘tkazib, yurtimizning tarixiy obidalari va zamonaviy me’moriy majmualari bilan yaqindan tanishadilar.

 

Farxod Kurbanbayev olgan suratlar