ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Butun olamni jo qilgan yurak


15.05.2018

Biz Tojikistondan to‘rt kishi ziyoratga keldik. O‘zbekiston bizning faxriy ikkinchi Vatanimiz hisoblanadi. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovga Tojikiston xalqi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Ular bizning qalbimizda abadiy yashaydilar.

Men Farg‘onadan Yodgorlik majmuasiga ziyoratga kelib, juda xursand bo‘ldim. Birinchi Prezidentimiz tasvirlangan asarlarni ko‘rib, ko‘zlarimga yosh keldi. Kartinalar orasida e’tiborimni, farg‘onalik rassom tomonidan yaratilgan asar va ayniqsa, uning tagidagi yozuv qalbimdan joy oldi:
"Men dunyoga nomimni bunyod etgani keldim,
Vayrona dillarni obod etgani keldim."

Biz Turkiyadan oilamiz bilan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimom majmuasiga kelib, ko‘rgazmani ko‘rdik. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan eksponatlar orasida boshqa davlat rassomlari tomonidan ishlangan san’at asarlari ham borligi O‘zbekiston davlati bag‘rikeng diyor ekanligiga guvoh bo‘ldik. Ko‘rgazmani aylanar ekanmiz, vatandoshimiz Chigidem Buchaktelli tomonidan ishlangan asarni ko‘rib juda xursand bo‘ldik. Ko‘rgazma tashkilotchilariga rahmat.

 

 


 

Qashqadaryo viloyatidanmiz. Birinchi kelishimda ota-onamni bu yerga albatta olib kelaman deb niyat qilgan edim. Mana bugun ota-onam bilan birgalikda “Butun olamni jo etgan yurak” nomli ko‘rgazmani tomosha qildik. Biz Birinchi Prezidentimizni faqat televizor orqali ko‘rganmiz, lekin bugun ularning hayoti bilan bog‘liq juda ko‘p holatlar ifoda etilgan fotosuratlar, rassomlarning asarlarini ko‘rib yana ham bu buyuk insonni yaqinroq bilgandek bo‘ldik. Tashkilotchilarga alohida raxmat.

Biz Uchtepa tumani 251-maktab o‘qituvchilari o‘quvchilarimiz bilan birga ko‘rgazmani ko‘rdik. Bu yerdagi fotosuratlar hamda san’at asarlari Islom Karimovning hayeti va faoliyati, tariximizning yorqin sahifalari borasidagi taassurotlarini yanada boyitdi desak xato bo‘lmaydi.

Qirgizistonning Jalolobod viloyatidan oilamiz bilan ziyoratga keldik. Islom Karimovni O‘zbekiston Davlat Mustaqilligi asoschisi sifatida bilamiz, hurmat qilamiz va bu ulug ne’matni bundan keyin ham asrash kerak deb o‘ylaymiz.

Toshkentdagi 144-maktabdan tashrif buyurdik. Bundan keyin ko‘proq o‘quvchilarni olib kelamiz. Chunki Majmua va uning hududidagi ko‘rgazmani bolalar albatta ko‘rishi kerak. Bu Birinchi Prezidentimizga nisbatan hurmat sifatida xamda yakin tariximizni bilish uchun xam muxim ahamiyatga ega. Tashkilotchilarga alohida minnatdorlik bildiramiz.
Orziyeva Manzura-boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidanmiz. 14-15 may kunlari bir qator texnik oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida nazariy mexanika buyicha olimpiada o‘tkazilyapti. Uning qatnashchilari bilan ko‘rgazmaga keldik. Nihoyatda qiziqarli. Suratlar va rasmlarning ko‘pini birinchi marta ko‘rishimiz. Demak, ochiladigan yangi muzey ekspozitsiyasi ham juda boy bo‘ladi. Talaba va o‘qituvchilar bilan albatta kelamiz. Birinchi Prezidentimizning xotirasi mana shunday, yuksak darajadagi hurmat va e’zozga loyiqdir. Tashkilotchilarga katta rahmat.
Baxtiyer O‘rinov, katta o‘qituvchi.