ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Yozgi ta’til “Kamalak” bilan


08.08.2018

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan yozgi oromgohlarda dam olayotgan yoshlar va bolalar 7-avgust kuni Yodgorlik majmuasiga kelib, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyida uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

 

Respublikaning bir qator viloyatlaridan tashrif buyurgan, asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarning farzandlari, yurtimizning so‘lim maskanlarida yozgi ta’tillarini maroqli o‘tkazmoqdalar. Yoshlar Ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan dasturda Islom Karimov nomi bilan bog‘liq qadamjolarni ziyorat qilish ham ko‘zda tutilgan.

 

 

Bolalar «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar. Bu yerda ularga Mustaqilligimizning asoschisi, yoshlarga fan, ta’lim, madaniyat va sport yo‘nalishlarida ulkan imkoniyatlar eshigini ochib bergan buyuk shaxs – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti to‘g‘risida atroflicha so‘zlab berildi. Har bir rasm va fotosurat bilan bog‘liq xotiralar yoshlarni befarq qoldirmadi.