ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Umumxitoy fotosuratlar assotsiatsiyasi bosh kotibi Yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi


14.05.2018

12-may kuni Umumxitoy fotosuratlar assotsiatsiyasi bosh kotibi Yan Guanem o‘rinbosarlari Yan Deven va Chjan Xunpin bilan Islom Karimov nomidagi Yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.

Mazkur tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishi sanoat industriyasini fotosur’atlar yordamida yoritish va fotoko‘rgazmalar tashkil etish.

Mehmonlar Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Xitoylik delegatsiya Birinchi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Karimova hamrohligida «Butun olamni jo etgan yurak» ko‘rgazmasini alohida qiziqish bilan tomosha qildilar.

Ekspozitsiya mehmonlar tomonidan yuqori baholandi. O‘zaro xamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ko‘rgazmalar tashkil etish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Faxriy mehmonlar kitobiga janob Yan Guanem-«O‘zbekiston va Xitoy xalqlarining do‘stligi 10 ming yil yashasin», degan dastxat qoldirdi.

Xitoylik mutaxassislarning O‘zbekistonga kelishidan maqsad - badiiy fotosurat bo‘yicha master-klasslar o‘tkazish.