ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Tarixga hurmat- xotiraga hurmat


12.09.2018

9 sentabr kuni Yodgorlik majmuasiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari bosh boshqarmasi harbiy xizmatchilari tashrif buyurdilar.

 

Har bir inson uchun ertangi kunini, yurt kelajagini aniq tasavvur qilishi, sobitqadamlik bilan orzu va maqsadlariga erishishi uchun ham, tarixni, yaqin tarixni bilish muhim ahamiyatga ega.

Shu jihatdan harbiylarning Islom Karimov xotirasiga nisbatan hurmatini Vatanparvarlik namunasi sifatida baholash mumkin.

 

Mehmonlar Birinchi Prezidentning rafiqasi, Yodgorlik majmuasi Homiylik kengashining a’zosi Tatyana Karimova bilan uchrashib, hamsuhbat bo‘ldilar.

«Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasi ekspozitsiyasi harbiylarda katta qiziqish uyg‘otdi. Buning tasdig‘i – Faxriy mehmonlar kitobiga bitilgan dastxatdagi samimiy tilaklar.

Harbiylarga Tatyana Akbarovna tomonidan «Islom Karimov – Mustaqil O‘zbekiston asoschisi» xotira kitobi hamda ko‘rgazma katalogi sovg‘a qilindi.