ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

BMTning 8-chi Bosh kotibi Pan Gi Mun Yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi


27.11.2018

27-noyabr kuni BMTning 8-chi Bosh kotibi (2007-2016 yillar) Pan Gi Mun rafiqasi bilan Yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

 

Pan Gi Mun Bosh kotib sifatida mamlakatimizga bir necha bor tashrif buyurgan va «Oqsaroy» qarorgohida Islom Karimov bilan muloqotda bo‘lgan.

Bu uchrashuvlar doimo samimiy, do‘stona ruhda o‘tgan. Islom Abdug‘aniyevichning davrimizning eng dolzarb muammolariga doir qarashlari, ko‘plab siyosiy masalalar bo‘yicha pozitsiyasini BMT Bosh kotibi yuqori baholardi.

 

Mazkur xalqaro tashkilotning nufuzli minbari Islom Karimovga o‘z yurti va xalqining manfaatlarini himoya qilish, dunyo hamjamiyati e’tiborini mintaqadagi muammolarga qaratish, bu borada konstruktiv taklif va tashabbuslarni ilgari surishga keng imkoniyat maydonchasi sifatida xizmat qilib kelgan.

 

Yodgorlik majmuasida Pan GI Mun janoblari Birinchi Prezidentimizning haykali poyiga gullar qo‘yib chuqur ta’zim ila Islom Karimov xotirasiga o‘z hurmatini ifoda etdi. Yuqori martabali mehmonga Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbari Temir Shirinov, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov hamrohlik qildi.

Mehmonlarga «Islom Karimov – Mustaqil O‘zbekiston asoschisi» kitob albomi sovg‘a qilindi.

Farxod Kurbanbayev olgan suratlar