ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

«Butun olamni jo qilgan yurak»


24.09.2018

O‘zbekiston xalqini yuragiga, qalbiga jo qilgan Birinchi Prezidentimiz, butun umrini shu elning farovonligi, shu yurtning ravnaqiga bag‘ishlab yashadi.

 

Tabiiyki, ko‘rgazma ekspozitsiyasidan o‘rin egallagan fotosuratlarda, taniqli mo‘yqalam ustalari hamda yosh rassomlarning ijod namunalarida Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga oid voqeliklar to‘liq qamrab olinmagan.

Ayni paytda, Yodgorlik majmuasida Islom Karimov muzeyini shakllantirish va muzey ochilishiga hozirlik ko‘rish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

 

Yangi muzey ekspozitsiyasidan so‘zsiz, bu buyuk shaxsning hayoti va serqirra faoliyati bilan bog‘liq boy artefaktlar, Birinchi Prezidentning ilmiy-ma’naviy merosi munosib o‘rin egallab, to‘liq namoyish etiladi.

Shu kunlarda esa, «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilarning keti uzilmayapti.

 

Mazkur ko‘rgazma ish boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Lekin, shu qisqa muddat ichida ko‘rgazmaga 153 mingga yaqin kishi tashrif buyurganining o‘zi ham, ko‘rgazma hamyurtlarimiz uchun qadrli bir maskanga aylanganidan dalolatdir.