ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Poytaxtimizda anʼanaviy III Toshkent xalqaro marafoni boʼlib oʼtdi


29.03.2021

Musobaqada ishtirokchilar marafon, yarim marafon, ekiden hamda 3km masofaga yugurish boʼyicha raqobatlashdi. Marafonda yurtimiz vakillaridan tashqari Rossiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikistondan kelgan atletlar ham ishtirok etdi. Birinchi bor oʼtkazilgan ekiden marafon bahslarida turli vazirlik, idora, korxona-tashkilotlar hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan diplomatik korpuslardan jami 64ta jamoa qatnashdi.

2021 yil 28 mart kuni Islom Karimov ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga III Toshkent xalqaro marafonida hakamlik qilish uchun Samarqand va Xorazm viloyatidan kelgan mehmonlar tashrif buyurdi. Urganch Olimpiya zahiralari yengil atletika maktabining bosh murabbiysi Jasurbek Аbdullaev Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bagʼishlangan “Butun olamni jo qilgan yurak” koʼrgazmasi bilan tanishar ekan, 2014 yil 29 sentabrda kamtarona mehnati yuksak eʼtirof etilib, Birinchi Prezidentimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganini faxrlanib soʼzlab berdi. “Yurtimiz tinch va farovon boʼlsagina, odamlarda sportga ishtiyoq boʼladi, bugungi yutuqlarimiz kechagi kunlarning mevalaridir”, dedi u.

 

 

 

M.Аrushanova