ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Xotira uyg‘onsa go‘zaldir


29.03.2018

1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini e’lon qilganida Prezident hali 50 yoshdan endigina o‘tgan, miqti jussasi, ajinsiz yuzlaridan nur yog‘ilib turgan navqiron qiyofada edi.

Albatta, u o‘sha kuni ulug‘ bir tarixiy vazifani ado etganini, Mustaqillikning Bosh me’mori bo‘lish baxti nasib etganini o‘ylab, o‘zini baxtiyor his qilgan bo‘lsa, ajab emas.

Yo‘lboshchimiz Islom Karimov ishni O‘zbekistonni jahon hamjamiyatiga esh qilishdan, uni dunyoga tanitib, xalqaro nufuzini oshirishdan boshladi. Bu aytishga oson, ammo amalga oshirish haddan tashqari mushkul edi. Gap shundaki, o‘tmishda insoniyat tarixida katta rol o‘ynagan O‘zbekistonni burungi zamonda hech kim tanimas edi. Chunki o‘tmishda «O‘zbekiston» degan davlat bo‘lmagan, sho‘rolar zamonida esa nomigagina shunday respublika bo‘lib, u jahon bilan aloqasini faqat markaz orqali amalga oshirardi. Markazning ruxsatisiz birorta o‘zbekning xorijga borib-kelishi yoki birorta xorijlikning O‘zbekistonga kelib-ketishi mumkin emas edi.

Bir so‘z bilan aytganda, dunyoga o‘zbekning kimligini uqtirmoq kerak edi. Buni quruq xitoblar, hujjatlar bilan yoxud bejirim diplomatik tabassumlar yordamidagina hal qilib bo‘lmasdi. Jahon siyosatchilarining ko‘pchiligi – prezidentlar, qirollar, podshohlar, premyer-ministrlar, vazirlar, dunyoga dong taratgan milliarder-biznesmenlar, fan va adabiyot namoyandalari Prezident bilan uchrashdi, u bilan suhbatlashdi, unga ilmoqli va ilmoqsiz, murakkab va jo‘n savollar berishdi, uni tanish orqali O‘zbekiston haqida ham, o‘zbeklar to‘g‘risida ham tasavvur hosil qila boshlashdi. Menga bir vokeani aytib berishgan. Parijda Islom Abdug‘aniyevich kitobining takdimoti bo‘libdi. YuNESKO Bosh direktori Federiko Mayor janoblari bir yoqqa uchmog‘i kerak ekan, biroq takdimotni eshitib, samolyotni to‘xtatib qo‘yib, majlisga kelibdi-da, qisqa nutq so‘zlabdi. U aytibdiki, «Men dunyodagi ikki yuzga yaqin mamlakatni kezib chiqqanman, ularning madaniy-tarixiy yodgorliklari bilan tanishganman, lekin hech qayerda Samarqandda bo‘lganimdagi kabi hayajonlanmagan edim. Ulug‘bek rasadxonasida janob Prezident menga usturlobni ko‘rsatdi. Ulug‘beklar, Ali Qushchilar qo‘li tekkan bu asbobni qo‘lga olar ekanman, go‘yo o‘zimni XV asrga borib qolgandek, Ulug‘bek kabi buyuk olimlar bilan hamnafasday his qildim. Hozirga qadar ham o‘sha hayajon bot-bot butun vujudimni qamrab oladi. O‘shanda janob Islom Karimov Ulug‘bekning «Ziji Ko‘ragoniy» asarini ko‘rsatdi. Men ham Sharq ilmidan xabardorligimni ko‘rsatib qo‘yish uchun «Juda zo‘r asar. Hozirgi komputerlarning tahliliga ko‘ra Ulug‘bek yulduzlar harakatini aniqlashda bor-yo‘g‘i yarim minutga adashgan ekan», dedim. Islom Karimov yalt etib menga qaradi-da, lablarida nimtabassum bilan javob berdi: «Yo‘q, janob Federiko Mayor, Ulug‘bek adashmaydi, komputerlaringiz xato qilgan bo‘lishi kerak». Bu javobni eshitib, janob Karimovning o‘z xalqini nechog‘li sevishini, o‘zbek olimlarining yutuqlaridan nechog‘li faxrlanishini yana bir bor his qildim».

1999 yil

Ozod Sharafiddinov

O‘zbekiston Qahramoni «Mustaqillik me’mori. Islom Karimov siymosiga chizgilar» risolasidan boblar

***

Men ham mustaqillik uchun kurashganlardan biriman. Sovetlar imperiyasida mustaqillik haqida gapirish u yoqda tursin, hatto fikrlash ham qo‘rqinchli edi. Lekin biz yuragimizdagi bu dardni asarlarimizga singdirdik. «Kelinlar qo‘zg‘oloni»ni yozarkanman, dilimda shu maqsad edi. Markaz zulmidan ozod bo‘lish g‘oyasi asarimning boshidan oxirigacha chekinmaydi. Bu asarda o‘n besh mustamlaka jumhuriyatning dardi, tashvishlarrini berishga intildim. Bosh qahramonlarimning har biri bir jumhuriyatning obrazidir…Muhtaram prezidentimiz Islom aka Karimov mustaqilligimizni e’lon qilgan pahlovon xalqimizning Alpomish o‘g‘li, umidlarimizning yorqin sho‘lasidirlar. U kishining dadil va jasoratli odimlari bilan yurtimizning yangi Bosh qonuni qabul qilindi…

Said Ahmad

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni

***

Когда говорят или пишут о Первом Президенте Узбекистана Исламе Абдуганиевиче Каримове, мне невольно на память приходят слова незабвенного Шарафа Рашидовича Рашидова. Он произнес их в далеком 1983 году сразу после заседания бюро ЦК партии, на котором Ислам Каримов был утвержден в должности министра финансов: «Высококвалифицированный экономист, смелый экспериментатор, перспективный руководитель». Жизнь подтвердила пророчество Шарафа Рашидовича.

Ислам Абдуганиевич Каримов – это часть истории Узбекистана, один из разумнейших его руководителей, личность уникальная. Его имя навсегда связано с обретением республикой независимости и суверенитета. Для него, прошедшего суровую школу жизни, главной целью была осознанная необходимость жить интересами людей, творить добро, укреплять авторитет страны.

Ислам Каримов своими конкретными делами творил историю республики, точнее сказать, новой республики, нового Узбекистана.

Он весь был устремлен в будущее. Это Исламу Каримову принадлежит фраза, ставшая крылатой: «Узбекистан – государство с великим будущим».

Георгий Крайнов

помощник Президента Узбекистана Ислама Каримова

***

«Создавать грядущее – самая трудная работа на свете» – это емкое, вобравшее в себя 78 лет жизненного пути и 25 лет неустанного, многогранного труда, глубокое по содержанию и абсолютно точное по определению образное высказывание принадлежит Первому Президенту Республики Узбекистан Исламу Абдуганиевичу Каримову.

Закономерен вопрос: «Что же являлось основой и фундаментом этого признанного народом лидера страны, этой, безусловно, талантливой личности и просто человека?» Ответ можно найти в материалах одной из пресс-конференций с представителями СМИ, состоявшейся в перерыве сессии парламента республики в 2004 году.

Зарубежный корреспондент поинтересовался: «Что движет Вами, и что заставляет Вас, господин Президент, работать так самозабвенно?» Ислам Абдуганиевич без лишних комментариев сначала кратко ответил лишь двумя словами: «Личная ответственность». Затем, уже задумавшись, добавил: «Жгучая личная ответственность за судьбу и будущее Узбекистана».

Мощь, сила и талант Ислама Каримова заключались еще и в том, что в течение краткой встречи он мог хорошо разобраться в собеседнике, оценить его возможности и потенциал, а также личностные или, если хотите, лидерские качества человека. Это позволило главе государства умело подобрать, назначить на ответственные должности и воспитать ряд руководителей, которые и сегодня, но уже на качественно новом уровне создают образ и историю современного Узбекистана.

В их числе, безусловно, и наш Президент, уважаемый Шавкат Миромонович Мирзиёев. Начиная с 1989 года он был достойным и искренне преданным соратником Ислама Каримова.

В 1991 году на сессии Верховного Совета Узбекской ССР именно Шавкат Миромонович, являясь председателем мандатной комиссии парламента, среди первых и немногих руководителей дал решительный отпор группе оппозиционеров, пытавшихся устроить своего рода «переворот» и сместить с должности Ислама Каримова.

Сама жизнь и история суверенного Узбекистана сегодня убедительно подтверждают неоспоримый факт, что будущее нашей Родины находится в руках истинного и надежного преемника Ислама Каримова.

Равиль Абдукадыров

Управляющий аппарата Кабинета Министров Республики Узбекистан

***

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunigacha bo‘lgan zamonlardayoq Islom Abdug‘aniyevich bir qator qat’iy yuridik va huquqiy qadamlarni qo‘ydi. Bularning barchasi, shubhasiz, yuksak jasorat va matonat namunalari edi.

Birinchisi – 1989 yili o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

Ikkinchisi – sobiq Ittifoq hududida birinchi bo‘lib, 1990 yil 24 martda O‘zbekistonda Prezident lavozimi ta’sis etildi.

Uchinchisi – 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik deklaratsiyasi e’lon qilindi.

To‘rtinchisi – Istiqlol ostonasida turib, mustaqil davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasini yaratish yo‘lida ilk qadamlar qo‘yildi.

Beshinchisi – 1990 yil 21 iyunda Birinchi Prezidentimiz raisligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, mustaqil davlat Asosiy qonunini yaratishga kirishildi.

Konstitutsiyani yaratish tarixi bu – mustaqillik uchun, konstitutsiyaviy suverenitet uchun kurashning uzviy qismidir.

Akmal Saidov

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, yuridik fanlar doktori, professor

***

Davlat rahbarining yetakchilik qobiliyati avvalambor uning olijanob insoniy fazilatlari bilan belgilanadi. Tarixda ko‘plab davlat rahbarlari, siyosiy rahnamolar yashab o‘tgan. Biroq ularning orasidan faqat yuksak ma’naviy-axloqiy, insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan komil shaxslargina o‘z xalqining qalbidan umrbod joy olish, el ardog‘ida mangu qolish sharafiga sazovor bo‘lgan. Islom Abdug‘aniyevich ham shunday yo‘lboshchilar sirasiga kiradi. Birinchi Prezidentimizda ulug‘ mutafakkir Abu Nasr Forobiy tomonidan sanab o‘tilgan, davlat boshliqlari uchun eng zarur bo‘lgan barcha fazilatlar mujassam edi.

Nurdinjon Ismoilov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri

 

Manba: “Islom Karimov – Mustaqil O‘zbekiston asoschisi” nomli xotira kitobidan