НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА

Samarqandda Islom Karimov o‘qishlari boshlandi


29.04.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi tomonidan har yili “Islom Karimov o‘qishlari”ni o‘tkazish an’anaga aylangan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi farmoyishi asosida joriy yilning 29-30 aprel kunlari Samarqand shahrida “Islom Karimov o‘qishlari: Islom Karimov – davlat mustaqilligining asoschisi” mavzuidagi respublika ilmiy anjumani o‘tkazilmoqda.
 
Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun bugun Samarqandga Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi va respublika xayriya jamoat fondi mas’ul xodimlari, vazirlik va idoralar, nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari, taniqli olimlar keldi.
 
Konferensiya qatnashchilari Islom Karimov maqbara majmuasi va haykalini ziyorat qilib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
 
Shundan so‘ng Samarqand davlat universitetida Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan fotoasarlar ko‘rgazmasi ochildi.
 
Anjumanning asosiy tadbirlari 30 aprelga mo‘ljallangan.