ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA TADBIR


09.07.2024

O‘lkamizda jazirama yoz fasli. Yilning ayni shu pallalarida haddan tashqari issiq harorat bois, muzlatkich va sovutish moslamalariga talab ortadi. Natijada elektr tarmoqlaridagi yuklamalar oshib ketishi tabiiy. Mazkur omil, bundan tashqari quyoshning o‘ta issiq tafti sabab bo‘lib, yong‘in xavfi ham karrasiga ortib ketmog‘i muqarrar.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024 yil 28 maydagi 54-sonli yig‘ilish bayoni qaroriga binoan, joriy yilning 1 iyulidan 1 avgustiga qadar Respublika hududida “Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha dolzarb 30 kunlik” e’lon qilingan.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida ana shu hujjat ijrosi doirasida – yong‘in xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, Majmua tarkibida – muzey, ko‘rgazma zali, kutubxona bo‘lib, ular zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan. Qimmatli eksponatlar va arxiv materiallariga esa mazkur inshootlardagi yong‘in xavfsizligi masalasi mudom dolzarb ekani kundek ravshan.

Tadbirda Majmua hududida yong‘in xavfsizligining barcha qoidalariga so‘zsiz rioya etish muhimligi ta’kidlandi.

F.Qurbonboyev olgan suratlar