ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

SOLNOMA. Tashqi siyosat.


28.07.2020

 

1993 yil 17 iyul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta Ikkinchining qizi malika Anna Zoti Oliyalarini qabul qildi. Islom Karimov Malika Anna Zoti Oliyalarining mamlakatimizga tashrifi O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida qaror topayotgan do‘stona munosabatlarning o‘ziga xos ramzi ekanini ta'kidladi.

1993 yil 20 iyul

Prezident Islom Karimov BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili etib tayinlangan Xolid Bashir Malikni qabul qildi. Xolid Malik Prezidentga ishonch yorlig‘ini topshirdi.

2002 yil 28 iyul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi.

2008 yil 21 iyul

Kuvayt Davlati Amiri shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

2009 yil 31 iyul

Prezident Islom Karimov Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (ODKB) norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lponota shahriga keldi.