ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 80 yilligiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma odamlar bilan gavjum


03.02.2018

Oqsaroy qarorgohida Birinchi Prezidentimizning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Butun olamni jo qilgan yurak” nomli badiiy ko‘rgazma muvaffaqiyatli ishini davom ettirmoqda.

Butun umrini Vatan xizmatiga baxsh etgan Islom Karimov hayotining turli qirralarini ochib beruvchi portret va fotosuratlar bilan tanishish maqsadida bu yerga bolalar, yoshlar, xotin-qizlar, harbiylar, nuroniylar bilan bir qatorda xorijiy davlatlardan mamlakatimizga kelgan mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ham tashrif buyurmoqda.

Ko‘rgazma o‘z ishini shu yilning 2 apreligacha davom ettiradi.

Manzil: Toshkent sh., Afrosiyob ko‘chasi, 1/1 uy.